https://oz.sputniknews.uz/20211026/rossiyadan-toshkentga-yana-20-ta-zamonaviy-metro-vagoni-olib-kelindi-21102571.html
Rossiyadan Toshkentga yana 20 ta zamonaviy metro vagoni olib kelindi
Rossiyadan Toshkentga yana 20 ta zamonaviy metro vagoni olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar o‘zgacha usulda bo‘yalgan. 26.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-26T18:53+0500
2021-10-26T18:53+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
toshkent
metro
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1a/21101248_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_2645539aa55dd62ff7d2f62a4c60066d.jpg
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Toshkentga Rossiyaning 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi xabar berdi.O‘zbekistonga yetkazib beriladigan 81−765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016-yildan buyon turli xil ko‘rinishda ishlab chiqarilmoqda va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida foydalanilmoqda.Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan ana shu turdagi vagonlar esa o‘ziga xos usulda bo‘yalgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangda. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘ining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan.“O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradiMetro poyezdlarini xarid qilish Rossiyaning "VEB.RF" davlat korporatsiyasi hamda uning tarkibidagi "Roseksimbank" guruhi tomonidan moliyalashtirilmoqda. 2021-yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga jo‘natilishi kutilmoqda.“VEB.RF” va Toshkent metropoliteni o‘rtasida 40 ta vagonlarni yetkazib berishga oid kredit shartnomasi 2021-yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12-yil muddatga taqdim etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20211022/toshkentda-toliq-avtomatlashtirilgan-yangi-metro-poezdlari-qatnay-boshladi-21027518.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1a/21101248_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_81880cfd33ac496db4f44711efebbcf3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, metro, rossiya
jamiyat, toshkent, metro, rossiya
Rossiyadan Toshkentga yana 20 ta zamonaviy metro vagoni olib kelindi
18:53 26.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan vagonlar o‘zgacha usulda bo‘yalgan.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Toshkentga Rossiyaning 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi
xabar berdi.
O‘zbekistonga yetkazib beriladigan 81−765/766/767 rusumli metropoyezdlari 2016-yildan buyon turli xil ko‘rinishda ishlab chiqarilmoqda va ayni paytda ular Moskva, Qozon va Boku metropolitenlarida foydalanilmoqda.
Toshkent metropoliteni uchun yangi ishlab chiqarilgan ana shu turdagi vagonlar esa o‘ziga xos usulda bo‘yalgan. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangda. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘ining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi
Metro poyezdlarini xarid qilish Rossiyaning
"VEB.RF" davlat korporatsiyasi hamda uning tarkibidagi "Roseksimbank" guruhi tomonidan moliyalashtirilmoqda. 2021-yil oxiriga qadar yana 20 ta metro vagoni Toshkentga jo‘natilishi kutilmoqda.
“VEB.RF” va Toshkent metropoliteni o‘rtasida 40 ta vagonlarni yetkazib berishga oid kredit shartnomasi 2021-yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12-yil muddatga taqdim etilgan.