https://oz.sputniknews.uz/20211026/ozbekistonliklar-bir-necha-million-somlik-tolovlardan-ozod-etiladi-21093062.html
Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinadi
Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil
2021-10-26T12:47+0500
2021-10-26T12:47+0500
2021-10-26T16:30+0500
iqtisod
avtomobil
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/858/24/8582461_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_e61584ed0267278d2f26e3eb9d1e5eaa.jpg
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. O‘zbekistonda Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinadi.Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi.Deputat bunga qadar ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomasi orqali notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX (GAI)da ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar miqdorining yuqoriligi haqida yozgan edi.G‘aniyev, ushbu davlat boji va yig‘imlar stavkalarini 2022-yil uchun davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, Moliya vazirligiga deputatlik so‘rovi ham yuborgan edi.Ma’lum bo‘lishicha, bugun mazkur so‘rovga Moliya vazirligidan javob olgan."So‘rov javobida aytilishicha, so‘rovda ko‘tarilgan muammolarni inobatga olganda holda, Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil budjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishini anglatadi", - deb yozadi deputat.Bundan tashqari, javob xatida Moliya vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilganligi hamda ularni pasaytirish yuzasidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgrtirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilingan.Ko‘rinib turibdiki, qonunchilikka yuqoridagi o‘zgarishlarni kiritish orqali 2022-yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish ko‘zda tutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211014/uzauto-motors-avtomobillarni-nima-sababdan-don-omborida-saqlamoqda-20913086.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/858/24/8582461_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_e235db6dd5cb0afa332f8d50d48a707d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
avtomobil soliq to‘lov
Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinadi
12:47 26.10.2021 (yangilandi: 16:30 26.10.2021) O‘zbekistonda 2022-yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish ko‘zda tutilmoqda.
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. O‘zbekistonda Sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinadi.
Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev
ma’lum qildi.
Deputat bunga qadar ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomasi orqali notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX (GAI)da ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar miqdorining yuqoriligi haqida yozgan edi.
G‘aniyev, ushbu davlat boji va yig‘imlar stavkalarini 2022-yil uchun davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, Moliya vazirligiga deputatlik so‘rovi ham yuborgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun mazkur so‘rovga Moliya vazirligidan javob olgan.
"So‘rov javobida aytilishicha, so‘rovda ko‘tarilgan muammolarni inobatga olganda holda, Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil budjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishini anglatadi", - deb yozadi deputat.
Bundan tashqari, javob xatida Moliya vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilganligi hamda ularni pasaytirish yuzasidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgrtirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilingan.
Ko‘rinib turibdiki, qonunchilikka yuqoridagi o‘zgarishlarni kiritish orqali 2022-yildan ikkilamchi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylashtirish xarajatlarini keskin kamaytirish va fuqarolarga yengillik yaratish ko‘zda tutilmoqda.