O‘zbekiston aholini emlash uchun “Sputnik Layt”dan foydalanishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVaksina "Sputnik Layt",
Vaksina Sputnik Layt, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i “Sputnik Layt” vaksinasi qulay va foydali deb atadi.
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. “Sputnik Layt” vaksinasi qulay va foydali, shuning uchun undan respublikada aholini koronavirusga qarshi emlash uchun foydalaniladi. Bu haqda RIA Novostiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
“Biz mamlakatda “Sputnik Layt”dan ham foydalanishga tayyormiz, biror to‘siq ko‘rmayapman”, - dedi Yusupaliyev.
U koronavirusga qarshi emlashda bir komponentli vaksinaga o‘tish yaxshiroq ekanini ta’kidlagan.
Yusupaliyev qo‘llanilayotgan vaksinalar sonini ko‘paytirish kerak deb hisoblaydi, chunki ko‘p miqdordagi vaksinalar sog‘liqni saqlash tizimiga samaraliroq ishlashga yordam beradi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2021
Rossiya bilan emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish noyabrda boshlanishi mumkin
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan boshlangan edi. Bugunga kelib 25,2 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan.
12 oktbar kuni O‘zbekistonga Rossiyaga ishlashga ketayotgan fuqarolarni emlash uchun “Sputnik Layt” vaksinasining 12 ming dozasi olib kelingan edi. Ushbu vaksina bilan faqat Rossiyaga ishlashga ketayotgan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi.
Mamlakatda “Jurabek Laboratories” korxonasi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. U yerda ishlab chiqarilgan vaksinaning ilk partiyasi oktabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0