https://oz.sputniknews.uz/20211026/chapaqay-ozbek-fargonalik-bokschi-irlandiyalik-raqibini-oq-tezligida-tor-mor-qildi---video-21091933.html
"Chapaqay o‘zbek": yosh bokschi irlandiyalik raqibini o‘q tezligida tor-mor qildi - video
"Chapaqay o‘zbek": yosh bokschi irlandiyalik raqibini o‘q tezligida tor-mor qildi - video
Sputnik O‘zbekiston
Bokschilar jangi
2021-10-26T12:14+0500
2021-10-26T12:14+0500
2021-10-26T12:37+0500
sport
o‘zbekiston
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1a/21092508_0:46:1281:766_1920x0_80_0_0_cb9a40a6257a8dd7323657d51f549e25.jpg
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida boshlangan boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi 20 yoshli Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - 67 kg vazn toifasida irlandiyalik Yudjin Makkiviga qarshi jang o‘tkazdi.O‘zbekiston terma jamoasi nomidan 1-kungi janglarda faqat bir bokschi - Mo‘ydinxo‘jayev ishtirok etdi.Mo‘ydixo‘jayev uchala raundda ham faol harakat qilib, g‘alabani o‘zi tomonga og‘dira oldi - u 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.Mo‘ydinxo‘jayevning irlandiyalik raqibi Yudjin Makkivi 23 yoshda. Shu vaqtgacha 79 ta jang o‘tkazgan, shundan 57tasida g‘alaba qozongan, 21tasida mag‘lubiyatga uchragan va 1ta uchrashuvni durrang bilan yakunlagan.Makkivi ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng Mo‘ydinxo‘jayev 1/16 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Keyingi jangni 28-oktabr kuni falastinlik bokschi Xarara Axmadga qarshi o‘tkazadi.Serbiyada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda yo‘l olgan.Uchta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasida boks ishqibozlari orasida mashhur Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Shahram G‘iyosov kabi tajribali bokschilar bor.Sal avval O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu musobaqada qatnashadigan sportchilar nomini rasman ma’lum qilgan edi. Ro‘yxat quyidagicha:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1a/21092508_98:0:1181:812_1920x0_80_0_0_9ff7377fb0431360fe6065f61a5451cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boks o‘zbekiston hasanboy do‘smatov
boks o‘zbekiston hasanboy do‘smatov
"Chapaqay o‘zbek": yosh bokschi irlandiyalik raqibini o‘q tezligida tor-mor qildi - video
12:14 26.10.2021 (yangilandi: 12:37 26.10.2021) Serbiyada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda yo‘l olgan - tafsilotlar materialimizda
TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida boshlangan boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi 20 yoshli Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - 67 kg vazn toifasida irlandiyalik Yudjin Makkiviga qarshi jang o‘tkazdi.
O‘zbekiston terma jamoasi nomidan 1-kungi janglarda faqat bir bokschi - Mo‘ydinxo‘jayev ishtirok etdi.
Mo‘ydixo‘jayev uchala raundda ham faol harakat qilib, g‘alabani o‘zi tomonga og‘dira oldi - u 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mo‘ydinxo‘jayevning irlandiyalik raqibi Yudjin Makkivi 23 yoshda. Shu vaqtgacha 79 ta jang o‘tkazgan, shundan 57tasida g‘alaba qozongan, 21tasida mag‘lubiyatga uchragan va 1ta uchrashuvni durrang bilan yakunlagan.
Makkivi ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng Mo‘ydinxo‘jayev 1/16 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Keyingi jangni 28-oktabr kuni falastinlik bokschi Xarara Axmadga qarshi o‘tkazadi.
Serbiyada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda yo‘l olgan.
Uchta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasida boks ishqibozlari orasida mashhur Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov hamda Shahram G‘iyosov kabi tajribali bokschilar bor.
Sal avval O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu musobaqada qatnashadigan sportchilar nomini rasman ma’lum qilgan edi.
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Do‘stmatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg. Abdumalik Halokov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-86 kg. Shohjahon Abdullaev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov.