Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilingani haqidagi xabar yolg‘on - MSK

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Prezident saylovi dastlabki natijalari soat 16:00da e’lon qilinadi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan har-xil axborotlarga ishonmang - MSK.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, prezident saylovining dastlabki natijalari haqidagi xabarlar yolg‘on, deb xabar qildi MSK matbuot kotibi Jaloliddin Usmonov. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinishini yana bir karra eslatib o‘tamiz", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovi 24-oktabr kuni soat 20:00da yakunlangan edi. Saylovda 16 million 36 ming 914 nafarni saylovchi yoki 80,8 % ishtirok etdi. MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylov qonunchilkka to‘la muvofiq ravishda bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0