https://oz.sputniknews.uz/20211025/prezident-saylovi---oliy-darajada-va-qonunga-toliq-muvofiq-ravishda-otdi---lebedev-21072054.html
MDH kuzatuvchilari O‘zbekistondagi saylovlar haqida qanday xulosaga keldi – tafsilotlar
MDH kuzatuvchilari O‘zbekistondagi saylovlar haqida qanday xulosaga keldi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovlari xalqaro saylov tamoyillariga to‘liq javob berdi 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T10:27+0500
2021-10-25T10:27+0500
2021-10-25T11:59+0500
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
saylov natijalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21057415_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_48537a0595b83d902f1d8499dd849f99.jpg
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.“Ta’kidlash joizki, bu saylovlarda ko‘zi ojiz insonlar uchun ham yetarli darajada sharoitlar yaratilganligi maqtovga sazavor. , ob-havo ham yaxshi kelib, saylovchilar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi”, – dedi Lebedev.Lebedev saylovlar oilaviy bayramga ham aylanib ketganligini ham alohida bildirib o‘tdi.Ta’kidlash joizki, xalqaro kuzatuvchilar saylovlar yuzasidan o‘zaro fikr almashinuvi va mulohazalar yuritishgan. Ularning fikricha, saylovlarda aniqlangan kamchiliklar haqida eshitmaganliklarini va bu saylovlarda fuqarolarga o‘z irodalarini erkin ifodalash imkonini berganliklarini e’tirof etishdi.Xalqaro kuzatuvchilar xulosasiga ko‘ra, saylov uchastka va okruglarida tashkil etish jarayonlari ijobiy baho berilib, mamlakat konstitutsiyasi va saylov kodeksiga talablariga rioya etilib, shaffoflik prinsipiga mos o‘tkazilgan.Bu yilgi saylovlar xalqaro saylov tamoyillariga to‘liq javob berdi.Lebedev Sergey Nikolayevich, 1948-yilda O‘zbekiston SSR, Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Rossiya armiyasi generali, 2000 - 2007-yilarda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari bo‘lgan. 2007-yildan boshlab MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH ijrochi kotibi lavozimini egallab kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211024/ozbekistondagi-saylov-otkazish-jarayoni-xalqaro-talablarga-javob-beradi---muxametshin-21057297.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21057415_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_dc4ea67144a5fa29a105444d43e0be12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, saylov natijalari
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, saylov natijalari
MDH kuzatuvchilari O‘zbekistondagi saylovlar haqida qanday xulosaga keldi – tafsilotlar
10:27 25.10.2021 (yangilandi: 11:59 25.10.2021) Prezident saylovlari xalqaro saylov tamoyillariga to‘liq javob berdi
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi yuqori faollik, ochiq va demokratik tarzda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
“Ta’kidlash joizki, bu saylovlarda ko‘zi ojiz insonlar uchun ham yetarli darajada sharoitlar yaratilganligi maqtovga sazavor. , ob-havo ham yaxshi kelib, saylovchilar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi”, – dedi Lebedev.
Lebedev saylovlar oilaviy bayramga ham aylanib ketganligini ham alohida bildirib o‘tdi.
“Saylovchilar yaxshi kayfiyatda tashrif buyurishgani sezilib turildi, hattoki butun boshli bir oilalar chiroyli kayfiyatda keldilar, bu esa saylovlarni bayramona tus olishiga zamin yaratdi, buni nafaqat men, balkim boshqa kuzatuvchi hamkasblarim ham aytib o‘tishdi” – deya, qo‘shimcha qildi u.
Ta’kidlash joizki, xalqaro kuzatuvchilar saylovlar yuzasidan o‘zaro fikr almashinuvi va mulohazalar yuritishgan. Ularning fikricha, saylovlarda aniqlangan kamchiliklar haqida eshitmaganliklarini va bu saylovlarda fuqarolarga o‘z irodalarini erkin ifodalash imkonini berganliklarini e’tirof etishdi.
Xalqaro kuzatuvchilar xulosasiga ko‘ra, saylov uchastka va okruglarida tashkil etish jarayonlari ijobiy baho berilib, mamlakat konstitutsiyasi va saylov kodeksiga talablariga rioya etilib, shaffoflik prinsipiga mos o‘tkazilgan.
Bu yilgi saylovlar xalqaro saylov tamoyillariga to‘liq javob berdi.
Lebedev Sergey Nikolayevich, 1948-yilda O‘zbekiston SSR, Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Rossiya armiyasi generali, 2000 - 2007-yilarda Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari bo‘lgan. 2007-yildan boshlab MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH ijrochi kotibi lavozimini egallab kelmoqda.