Marhumlar tirilib, farzandlar esa g‘oyib bo‘lgan – FHDYo bazasidagi “mo‘’jizalar”

© Depositphotos / PressmasterRuki na klaviature
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolarning FHDYo ma’lumotlarida yuz bergan noaniqliklar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sababchi bo‘ldi
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida (YaDIXP) fuqarolarning FHDOga oid ma’lumotlarni olish bo‘yicha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Undagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sababchi bo‘ldi.
Aytilishicha, fuqarolar FHDYo arxiv ma’lumotlaridagi noaniqliklarni my.gov.uz portalidagi “mening oilam” degan bo‘limida duch kelishgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat bo‘yicha o‘nlab odamlarning turli-tuman izohlar qoldirishlariga sababchi bo‘ldi:
Boshqa farzandlarim ham paydo bo‘ldi-a
Bolalarim qayerga g‘oyib bo‘ldi?
2006 yilda vafot etgan mening otam hayot ekanlar
Men bu ma’lumotlarga ko‘ra, turmushga chiqmagan ekanman va o‘g‘lim ham yo‘q ekan
Mening oilamda notanish inson mening o‘g‘lim sifatida qayd etilgan, haqiqiy o‘g‘lim esa ro‘yxatga tushmagan.
Mening ota-onam menga notanish insonlar ekan!
Men turmushga chiqmaganman, erim esa uylangan ekan. Bu hammasi menga manzur kelmoqda
Mening qandaydir noqonuniy farzandim bor ekan, xotinimga buni qanday tushuntiraman?!!
Oradan biroz vaqt o‘tib, Davlat xizmatlari agentligi bu yuzaga kelayotgan xatoliklar bo‘yicha o‘z tushuntirishlarini berib o‘tdi.
Unga ko‘ra, FHDYo yagona elektron arxiv bazasidagi fuqarolarning 60 millionga yaqin ma’lumotlari raqamli ko‘rinishda aks etgan bo‘lib, hozirda tizimda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, jismoniy shaxsning indentifikatsiya raqamiga (JShShIR) mavjud ma’lumotlariga biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu jarayon to‘liq yakuniga yetmaganligi sababli bunday noaniqliklar yuzaga keladi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0