Simob va platinani 530 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

© Pexels / KindelNaruchniki, illyustrativnoe foto
Naruchniki, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
Qonunbuzar shaxsdan olib qo‘yilgan platina va simobning umumiy qiymati 1 mlrd 128,5 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Xorazm viloyatida quyma platina va simob suyuq metalining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
DXX xodimlari ishtirokida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs og‘irligi 1 kg. 22 gr.ni tashkil qiluvchi 1 dona platina quymasini va salkam 514 gr. og‘irlikdagi zaharli simob moddasini sotishga uringan vaqtida ushlangan.
Granitsa mejdu Kazaxstanom i Kirgizstanom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
O‘zbekiston bilan chegarada pora olib kelgan qator qirg‘iz amaldorlari qo‘lga olindi
U platina quymasini 30 ming dollarga, simobning har bir gramini 1000 dollardan hisoblab, jami 500 ming dollarga sotishni ko‘zlagan.
Qonunbuzar shaxsdan olib qo‘yilgan platina va simobning umumiy qiymati 1 mlrd 128,5 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0