Prezident saylovida necha foiz saylovchi qatnashgani ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chet ellarda ovoz bergan vatandoshlar soni haqida ertaga, 25-oktabr kuni ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan.
“Demak, Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va haqiqiy deb hisoblanadi”, - dedi Nizomxo‘jayev.
MSK raisining ta’kidlashicha, saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga o‘rnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlari akkreditatsiyadan o‘tgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining vakillari tomonidan keng yoritildi.
Saylov yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotdan, ellikka yaqin davlatdan kelgan minga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning prezidentlikka nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqish jarayonlari davom etmoqda.
Ertaga, ya’ni 25-oktabr kuni soat 16:00 da saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinadi.
Kak v Rossii vibirali prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2021
Moskvada minglab o‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun turnaqator bo‘lishdi
Yangiliklar lentasi
0