TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Oʻzbekistondagi saylov uchastkalari yopildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Mamlakat boʻylab barcha saylov uchastkalari yopildi. Komissiya aʼzolari ovozlarni hisoblashni boshlashdi.Chet ellardagi Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari yakunlangan. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25 oktyabr kuni soat 16:00 da eʼlon qilinadi.
Chet ellardagi Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari yakunlangan. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.
MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25 oktyabr kuni soat 16:00 da eʼlon qilinadi.