https://oz.sputniknews.uz/20211024/japarov-tojikiston-bilan-chegaradagi-bahsli-masala-qanday-hal-etilishini-aytdi-21055686.html
Japarov Tojikiston bilan chegara masalasi yechimi haqida: bir quloq yerni ham bermaymiz
Japarov Tojikiston bilan chegara masalasi yechimi haqida: bir quloq yerni ham bermaymiz
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston yetakchisi Tojikiston bilan chegara oldi hududlari bo‘yicha bahslar tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga Qirg‘iziston bu masalani... 24.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-24T14:02+0500
2021-10-24T14:02+0500
2021-10-25T09:03+0500
dunyoda
qirg‘iziston
tojikiston
qirg‘iz-tojik chegarasi
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15881389_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_9b679d1a6f4624fc5d2ebdfc25ed6b88.jpg
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada bahsli hududlar bo‘yicha masalaga yechim topishga tayyor, ammo bu uning manfaatiga zarar yetkazmasligi lozim. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jurnalistlarga ma’lum qilgan."Men buguning o‘zidayoq chegara masalasini hal etishga tayyorman, biroq bu faqat bizgagina bog‘liq emas. Bu o‘yin emas, balki juda murakkab masala. U 30-yil davomida hal etilmagan. Biz tez hal qilishimiz mumkin, lekin bu holda biz yerni boy beramiz. Biz esa yerimizning bir qulochini ham yo‘qotmasligimiz kerak. Biz har bir hudud uchun kurashapmiz", - deb bayonot qildi davlat rahbari.Uning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba, 24-oktabr kuni hukumat komissiyasi Bishkekdan Dushanbega yo‘l oladi. Yuqorida aytilgan masalani hal etish uchun.Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mojaro tarixiIsfara darosi yuqori oqimida joylashgan "Golovnoy" suv taqsimlovchi uzelida ikki mamlakat aholisi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati suv taqsimlovchi obyekt ularning hududida joylashganini aytib, ishontirishmoqda, ammo uzel qaysi hududda joylashgani hozircha aniqlashtirilmagan.Mahalliy aholi o‘rtasidagi mojaro sekin-asta ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanib ketdi.Ikki mamlakat TIV rahbarlari va bosh vazirlari muzokaralar o‘tkazdilar, natijada o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy texnikani chegara zonasidan olib ketish to‘g‘risida kelishuv bo‘ldi.Mojaro tufayli o‘t ochilishi oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi qurbon bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi jarohatlarni olishdi, jabrlanganlar orasida Isfara meri Bahovaddin Bahodurzoda ham qayd etilgan.Qirg‘iziston tomoni 36 nafar qurbon va 200 nafar jarohatlanganlar haqida bayonot bergan.Tojik-qirg‘iz chegara hududi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ladi.Buning asosiy sababi - belgilanmagan chegara uchastkalaridir, ikkala tomon SSSR barham topganiga 70-yil o‘tib ham hududlarning kimga tegishliligi borasida murosaga kela olishmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20210524/putin-japarov-bilan-tojik-qirgiz-chegarasidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-18884419.html
https://oz.sputniknews.uz/20210725/tojik-qirgiz-chegarasida-otishma-yuz-berdi-19816814.html
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15881389_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_e3de277be3b95b4898e476f021d509a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston, qirg‘iz-tojik chegarasi, sadir japarov
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston, qirg‘iz-tojik chegarasi, sadir japarov
Japarov Tojikiston bilan chegara masalasi yechimi haqida: bir quloq yerni ham bermaymiz
14:02 24.10.2021 (yangilandi: 09:03 25.10.2021) Qirg‘iziston yetakchisi Tojikiston bilan chegara oldi hududlari bo‘yicha bahslar tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga Qirg‘iziston bu masalani o‘z manfaatiga zid ravishda hal etmoqchi emas.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada bahsli hududlar bo‘yicha masalaga yechim topishga tayyor, ammo bu uning manfaatiga zarar yetkazmasligi lozim. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Men buguning o‘zidayoq chegara masalasini hal etishga tayyorman, biroq bu faqat bizgagina bog‘liq emas. Bu o‘yin emas, balki juda murakkab masala. U 30-yil davomida hal etilmagan. Biz tez hal qilishimiz mumkin, lekin bu holda biz yerni boy beramiz. Biz esa yerimizning bir qulochini ham yo‘qotmasligimiz kerak. Biz har bir hudud uchun kurashapmiz", - deb bayonot qildi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba, 24-oktabr kuni hukumat komissiyasi Bishkekdan Dushanbega yo‘l oladi. Yuqorida aytilgan masalani hal etish uchun.
"Aminmanki, biz tinch yo‘l bilan, muzokaralar orqali bu masalani hal etamiz. Ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan yechimga kela olamiz. Biz xalqlar manfaatini ko‘zlamog‘imiz lozim. Ishonchim komilki, masala to‘liq yechim topadigan davr keladi", - deya ishontirgan Japarov.
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mojaro tarixi
Isfara darosi yuqori oqimida joylashgan "Golovnoy" suv taqsimlovchi uzelida ikki mamlakat aholisi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.
Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati suv taqsimlovchi obyekt ularning hududida joylashganini aytib, ishontirishmoqda, ammo uzel qaysi hududda joylashgani hozircha aniqlashtirilmagan.
Mahalliy aholi o‘rtasidagi mojaro sekin-asta ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanib ketdi.
Ikki mamlakat TIV rahbarlari va bosh vazirlari muzokaralar o‘tkazdilar, natijada o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy texnikani chegara zonasidan olib ketish to‘g‘risida kelishuv bo‘ldi.
Mojaro tufayli o‘t ochilishi oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi qurbon bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi jarohatlarni olishdi, jabrlanganlar orasida Isfara meri Bahovaddin Bahodurzoda ham qayd etilgan.
Qirg‘iziston tomoni 36 nafar qurbon va 200 nafar jarohatlanganlar haqida bayonot bergan.
Tojik-qirg‘iz chegara hududi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ladi.
Buning asosiy sababi - belgilanmagan chegara uchastkalaridir, ikkala tomon SSSR barham topganiga 70-yil o‘tib ham hududlarning kimga tegishliligi borasida murosaga kela olishmagan.