Putilkovodagi Moskva viloyati migratsiya markazi yopiladi

© Press-slujba MMSMnogofunksionalniy migratsionniy sentr v Moskve
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 1-noyabridan Moskva shahri va Moskva viloyatida ishlash uchun patentga hujjat topshirish bir joyda bo‘ladi.
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Putilkovo posolkasida joylashgan Moskva viloyati Migratsiya markazi 1-noyabrdan patent olish uchun hujjat qabul qilishni to‘xtatadi. Bu haqida IIV Migratsiya xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 1-noyabrdan boshlab Moskva viloyatida ishlash huquqini beruvchi mehnat patenti olish uchun "Saxarovo" posolkasi yonida joylashgan Moskva Migratsiya markaziga murojaat qilish kerak.

2021 yil 1-noyabrdan boshlab Moskva viloyatida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent olish uchun Moskva Ko‘p funksiyali migratsiya markaziga murojaat qiling. Manzil: Moskva, Varshavskoe shosse, 64-km, 1-uy, 47-bino, - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, patent olgan fuqaro faqat patentda ko‘rsatilgan hududda mehnat faoliyatini amalga oshirish kerak. Ya’ni Moskva viloyatida ishlash uchun patent olgan fuqaro Moskva shahrida (yoki aksincha) ishlay olmaydi.
Shuningdek, 1-noyabrgacha Moskva viloyatida ishlash uchun patentga hujjat topshirgan chet el fuqarolari patentlarni Putilkovo posolkasida joylashgan Moskva viloyatining yagona migratsiya markazida olishadi.
Moskva Ko‘p funksiyali Migratsiya markazining ish vaqti: har kuni 08:00 dan 20:00 gacha, dam olish va ta’tillarsiz. Batafsil ma’lumotni quyida olish mumkin mc.mos.ru.
Yangiliklar lentasi
0