https://oz.sputniknews.uz/20211023/issiqda-ham-sovuqda-ham-ozbekiston-gaz-sanoati-flagmani-qanday-ishlaydi---video-21042462.html
Issiqda ham sovuqda ham: O‘zbekiston gaz sanoati flagmani qanday ishlaydi - video
Issiqda ham sovuqda ham: O‘zbekiston gaz sanoati flagmani qanday ishlaydi - video
Sputnik O‘zbekiston
“Qandim” majmuasi respublika bozoriga yuqori sifatli tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt yetkazib beradi. 23.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-23T19:16+0500
2021-10-23T19:16+0500
2023-04-05T18:34+0500
video
gaz
iqtisod
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/16/21031120_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_e4afb9a9978666325bb167650f1cb44d.jpg
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston gaz sanoatining flagmani – Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Rossiyaning LUKOYL kompaniya bilan hamkorlikda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan edi.Korxona qishin yozin faoliyatini to‘xtatmaydi, barcha jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan va korxona xodimlari faqat ishlab chiqarish zanjirlarini boshqaradilar va uskunaning holatini kuzatadilar, deydi Qandim majmuasi direktori o‘rinbosari Vadim Rabenkiy.“Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q, yirik va murakkab ishlab chiqarish majmuasidir. Majmua 71ta gaz qudug‘ini birlashtiradigan, 245 km asfalt yo‘llar yotqizilgan. Korxonada 2000 mingdan ortiq ishchi ishlaydi. Korxona yiliga 4 milliard metr kub gaz ishlab chiqaruvchi ikkita liniyasi bo‘lib, yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq gaz, shuningdek, yarim million tonna texnik oltingugurt ishlab chiqaradi. Korxonaga kiritilgan sarmoyalar miqdori 3,4 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan 90% - "Lukoyl"ga 10% - "O‘zbekneftgaz"ga tegishli.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/16/21031120_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d2d068d42cae0db373a43c15be98faf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, gaz, iqtisod, rossiya
video, gaz, iqtisod, rossiya
Issiqda ham sovuqda ham: O‘zbekiston gaz sanoati flagmani qanday ishlaydi - video
19:16 23.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) “Qandim” majmuasi respublika bozoriga yuqori sifatli tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt yetkazib beradi.
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston gaz sanoatining flagmani – Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Rossiyaning LUKOYL kompaniya bilan hamkorlikda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan edi.
Korxona qishin yozin faoliyatini to‘xtatmaydi, barcha jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan va korxona xodimlari faqat ishlab chiqarish zanjirlarini boshqaradilar va uskunaning holatini kuzatadilar, deydi Qandim majmuasi direktori o‘rinbosari Vadim Rabenkiy.
“Korxona cho‘l o‘rtasida bo‘lgani uchun, bu yerda iqlim sharoiti og‘ir. Yozda havo harorati 40 daraja issiq bo‘lsa qishda -20 daraja sovuq bo‘ladi. Lekin biz ishlayveramiz, jarayonni to‘xtatmaymiz”, - deydi Rabenkiy.
“Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q, yirik va murakkab ishlab chiqarish majmuasidir. Majmua 71ta gaz qudug‘ini birlashtiradigan, 245 km asfalt yo‘llar yotqizilgan. Korxonada 2000 mingdan ortiq ishchi ishlaydi.
Korxona yiliga 4 milliard metr kub gaz ishlab chiqaruvchi ikkita liniyasi bo‘lib, yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq gaz, shuningdek, yarim million tonna texnik oltingugurt ishlab chiqaradi. Korxonaga kiritilgan sarmoyalar miqdori 3,4 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan 90% - "Lukoyl"ga 10% - "O‘zbekneftgaz"ga tegishli.