https://oz.sputniknews.uz/20211022/yil-oxiriga-qadar-aholining-80ini-emlashni-maqsad-qilganmiz---musaev--21027776.html
Yil oxiriga qadar aholining 80%ini emlashni maqsad qilganmiz - Musayev
Yil oxiriga qadar aholining 80%ini emlashni maqsad qilganmiz - Musayev
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi yilga qadar 21 million kishini emlash rejalashtirilgan. Bu dunyo mamlakatlari orasida ham yuqori ko‘rsatgich. 22.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-22T13:08+0500
2021-10-22T13:08+0500
2021-10-22T15:48+0500
jamiyat
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_0:118:2256:1387_1920x0_80_0_0_baaba2d14d9ea08429981710e4581767.jpg
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekiston yil oxiriga qadar 21 million kishini emlashni rejalashtirgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.Bosh vazir o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, koronavirusdan saqlanishning yagona yo‘li vaksina olish ekanini aholi ham tushunib bormoqda. Shuningdek poliklinikalarda bir necha tur vaksinalar tanlovi ham mavjud.“Koronavirusga qarshi kurashishning birdan bir oqilona yo‘li aholini emlash. Buni fuqarolarimiz ham anglab yetmoqda. Hozir qaysi poliklinikaga bormang, bir necha turdagi vaksinaning istalgani bilan bepul emlanishingiz mumkin”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda qo‘yidagi vaksinalardan foydalanilmoqda: Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 24,7 million doza vaksinadan foydalanilgan. Undan 1-doza – 13 mln. kishi, 2-doza - 7,8 mln. kishi va 3-doza 3,7 mln. kishiga qo‘llanilgan. Emlash soni bo‘yicha yetakchi hududlar: Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridir. Ushbu viloyatlarning har birida jami qo‘llanilgan vaksinalar soni 2,2 mln. dozadan oshib ketgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19671152_126:0:2131:1504_1920x0_80_0_0_a0490f9cf6366ba239d3a643ab53650d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
Yil oxiriga qadar aholining 80%ini emlashni maqsad qilganmiz - Musayev
13:08 22.10.2021 (yangilandi: 15:48 22.10.2021) O‘zbekistonda yangi yilga qadar 21 million kishini emlash rejalashtirilgan. Bu dunyo mamlakatlari orasida ham yuqori ko‘rsatgich.
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekiston yil oxiriga qadar 21 million kishini emlashni rejalashtirgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.
“Mamlakatimizda ixtiyoriy ravishda vaksina oladigan fuqarolar soni 21 milliondan ziyod. Hozirgacha shulardan 60 % vaksinaning birinchi dozasini oldi. Yil yakunigacha vaksina oluvchi aholi qatlamining 80 % qismini emlashni maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu dunyo davlatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi”, - dedi Musayev.
Bosh vazir o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, koronavirusdan saqlanishning yagona yo‘li vaksina olish ekanini aholi ham tushunib bormoqda. Shuningdek poliklinikalarda bir necha tur vaksinalar tanlovi ham mavjud.
“Koronavirusga qarshi kurashishning birdan bir oqilona yo‘li aholini emlash. Buni fuqarolarimiz ham anglab yetmoqda. Hozir qaysi poliklinikaga bormang, bir necha turdagi vaksinaning istalgani bilan bepul emlanishingiz mumkin”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda qo‘yidagi vaksinalardan foydalanilmoqda:
ZF-UZ-VAC 2001 (O‘zbek-Xitoy);
AstraZeneca (Shvetsiya-Britaniya);
Pfizer/BioNTech (AQSh-Germaniya);
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 24,7 million doza vaksinadan foydalanilgan. Undan 1-doza – 13 mln. kishi, 2-doza - 7,8 mln. kishi va 3-doza 3,7 mln. kishiga qo‘llanilgan. Emlash soni bo‘yicha yetakchi hududlar: Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridir. Ushbu viloyatlarning har birida jami qo‘llanilgan vaksinalar soni 2,2 mln. dozadan oshib ketgan.