https://oz.sputniknews.uz/20211022/nazarboev-islom-karimov-haqida-u-bilan-kelishish-juda-qiyin-kechardi-21021324.html
Nazarboyev Islom Karimov haqida: "U bilan kelishish juda qiyin kechardi"
Nazarboyev Islom Karimov haqida: "U bilan kelishish juda qiyin kechardi"
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti bilan eksklyuziv intervyu film tariqasida ommaga e’lon qilinmoqda. Bugungi kungacha filmning to‘rtta seriyasi chiqarildi 22.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-22T09:39+0500
2021-10-22T09:39+0500
2021-10-22T09:39+0500
dunyoda
o‘zbekiston
qozog‘iston
nursulton nazarboyev
islom karimov
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/236/04/2360460_0:276:2661:1772_1920x0_80_0_0_5b35d64f538557eec5be8987bf687855.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi haqida suratga olingan "Portretga chizgilar" hujjatli filmida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.Hujjatli film Qozog‘istonning "Xabar" telekanalida efirga uzatilgan."Umuman olganda u davrlarda chegaralar judayam bahsli edi. Shunday hovlilar bor ediki, oshxonasi Kozog‘istonda, yotoqxona esa O‘zbekistonda edi. Yoki bo‘lmasa, qozoq xalqi yashaydigan butun boshli bir qishloq O‘zbekiston hududida joylashgan va aksincha, o‘zbeklar yashaydigan qishloq Qozog‘istonda. Ikkala holatda ham birdek qozoqlar - Qozog‘istonda, o‘zbeklar - O‘zbekistonda bo‘lishni xohlashardi...", - deya esga oladi Nazarboyev chegara masalasini.Uning so‘zlariga ko‘ra, shunda u O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga hududlar bilan o‘zaro almashishni taklif qilgan."Men aytdim, kelinglar, – Nazarboyev o‘z kaftiga aylana yoy chizib gapida davom etadi, - biz sizga boshqa joyda xuddi shuncha kattalikdagi hududni beramiz, toki hech narsa yo‘qotmadik, deya ayta olasiz. Biz xafagarchilikni yoqtirmaymiz. Xullas, o‘sha vaqtlarda bu muammolar shu tarzda hal qilindi”.O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarni esga olar ekan, Nazarboyev bu gaplarni aytish biroz noto‘g‘riligiga ham urg‘u beradi."Bir tomondan, bularni hammasini gapirish sal noto‘g‘ri bo‘lar, chunki mening qadrdon do‘stim Islom Karimov oramizda yo‘q... Shunchaki, unda har bir vaziyat bo‘yicha o‘z fikri va qarashi borligi sabab, u bilan kelishish jarayonlari juda qiyin o‘tar edi", - deydi Nazarboyev.Ta’kidlashicha, shunday vaqtlar bo‘lganki, Islom Karimov Nazarboyevga qo‘qqisdan qo‘ng‘iroq qilib, uning yoniga bormoqchi ekani haqida ogohlantirgan."Oldinga bormoqchiman deb qolardi. Men unga "Qo‘ysangchi, oldin muhokama qilishga mavzular tayyorlashimiz kerak, tashrifingda gaplashadigan mavzular bo‘lishi uchun, desam u "Yo‘q, hech qanday mavzuni keragi yo‘q, men sen bilan shunchaki ko‘rishmoqchiman", - derdi. Xarakteri og‘irroq bo‘lishiga qaramasdan, ko‘ngli yumshoq inson edi", - deya esga oladi Qozog‘istonning Birinchi prezidenti.
https://oz.sputniknews.uz/20210325/nazarboev-nevarasi-17964557.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/236/04/2360460_0:26:2661:2021_1920x0_80_0_0_3a36e2720fd5e13c99b30a5266212f6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, qozog‘iston, nursulton nazarboyev, islom karimov, chegara
dunyoda, o‘zbekiston, qozog‘iston, nursulton nazarboyev, islom karimov, chegara
Nazarboyev Islom Karimov haqida: "U bilan kelishish juda qiyin kechardi"
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti bilan eksklyuziv intervyu film tariqasida ommaga e’lon qilinmoqda. Bugungi kungacha filmning to‘rtta seriyasi chiqarildi
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi haqida suratga olingan "Portretga chizgilar" hujjatli filmida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegara masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Hujjatli film Qozog‘istonning "Xabar" telekanalida efirga uzatilgan.
"Umuman olganda u davrlarda chegaralar judayam bahsli edi. Shunday hovlilar bor ediki, oshxonasi Kozog‘istonda, yotoqxona esa O‘zbekistonda edi. Yoki bo‘lmasa, qozoq xalqi yashaydigan butun boshli bir qishloq O‘zbekiston hududida joylashgan va aksincha, o‘zbeklar yashaydigan qishloq Qozog‘istonda. Ikkala holatda ham birdek qozoqlar - Qozog‘istonda, o‘zbeklar - O‘zbekistonda bo‘lishni xohlashardi...", - deya esga oladi Nazarboyev chegara masalasini.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunda u O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga hududlar bilan o‘zaro almashishni taklif qilgan.
"Men aytdim, kelinglar, – Nazarboyev o‘z kaftiga aylana yoy chizib gapida davom etadi, - biz sizga boshqa joyda xuddi shuncha kattalikdagi hududni beramiz, toki hech narsa yo‘qotmadik, deya ayta olasiz. Biz xafagarchilikni yoqtirmaymiz. Xullas, o‘sha vaqtlarda bu muammolar shu tarzda hal qilindi”.
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarni esga olar ekan, Nazarboyev bu gaplarni aytish biroz noto‘g‘riligiga ham urg‘u beradi.
"Bir tomondan, bularni hammasini gapirish sal noto‘g‘ri bo‘lar, chunki mening qadrdon do‘stim Islom Karimov oramizda yo‘q... Shunchaki, unda har bir vaziyat bo‘yicha o‘z fikri va qarashi borligi sabab, u bilan kelishish jarayonlari juda qiyin o‘tar edi", - deydi Nazarboyev.
Ta’kidlashicha, shunday vaqtlar bo‘lganki, Islom Karimov Nazarboyevga qo‘qqisdan qo‘ng‘iroq qilib, uning yoniga bormoqchi ekani haqida ogohlantirgan.
"Oldinga bormoqchiman deb qolardi. Men unga "Qo‘ysangchi, oldin muhokama qilishga mavzular tayyorlashimiz kerak, tashrifingda gaplashadigan mavzular bo‘lishi uchun, desam u "Yo‘q, hech qanday mavzuni keragi yo‘q, men sen bilan shunchaki ko‘rishmoqchiman", - derdi. Xarakteri og‘irroq bo‘lishiga qaramasdan, ko‘ngli yumshoq inson edi", - deya esga oladi Qozog‘istonning Birinchi prezidenti.