Ayrim mahalla qo‘mitasi xodimlarining maoshi 35%ga oshiriladi – yangi qonun

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Obuna bo‘lish
Xonadonlar soni mingdan ortiq bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari maoshi 35%ga oshiriladi.
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Birinchi noyabrdan boshlab, xo‘jakliklar soni 1000dan ortiq bo‘lgan mahalla qo‘mitalari xodimlari maoshi 35%ga oshiriladi.
Bu haqida "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va uni moliyalashtirish, ularga buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi muhim o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35%ga oshiriladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko‘rsatish vazifasini tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga o‘tkaziladi;
tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Farmonda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatimizdagi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, hayotimiz uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Shu sababli ham ushbu soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – davr talabi, deyilgan farmonda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 9255ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib ulardan 1500 dan ortig‘ida mingdan ortiq xonadonlar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0