Aktor Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ayol-operatorni otib qo‘ydi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAkter Alek Bolduin
Akter Alek Bolduin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Obuna bo‘lish
Mashhur gollivud aktori Alek Bolduin tomonidan to‘pponchadan uzilgan o‘q ayol-operator hayotiga nuqta qo‘ydi.
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Amerikalik aktor Alek Bolduin "Rjavchina" ("Zang") vesternini suratga olish jarayonida ayol-operatorni to‘pponchadan otib qo‘ydi.
Hodisa Nyu-Meksiko shtatida ro‘y bergan. Bolduinning to‘pponchadan o‘q uzishi natijasida film operatori Galina Xatchins hayotiga nuqta qo‘yildi. Shuningdek, film rejisseri Joel Souz ham jarohat olgani aytilmoqda.
OAVda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurolda aslida paxtovon o‘q bo‘lishi kerak edi. Biroq aktorlar o‘t ochishi vaqtida to‘pponcha allaqanday tarzda haqiqiy jangovar o‘qlar bilan o‘qlangan bo‘lib chiqdi.
Xatolik qanday tarzda ro‘y bergani - noma’lum. Ayol-operator hodisa yuz bergan vaqtda darhol vertoletda shifoxonaga olib borilgan, ammo uning hayotini asrab qolish imkoni bo‘lmagan.
Alek Bolduin 63 yoshda. U tomoshabinlarga "Perl Xarbor", "Moy angel-xranitel", "Aviator", "Na grani", "Privichka jenitsya", "Tok-radio", "Prostie slojnosti", "Studiya 30" singari filmlar orqali tanish.
Aktor "Oltin globus" va "Emmi" mukofotlari laureati sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0