https://oz.sputniknews.uz/20211021/ozbekiston-afgoniston-bilan-aviaqatnovlarni-qayta-yolga-qoyishga-tayyormi--21006536.html
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashga tayyormi
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashga tayyormi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumatining afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishi kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri edi 21.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-21T13:24+0500
2021-10-21T13:24+0500
2021-10-21T15:03+0500
siyosat
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1231/13/12311334_0:115:2243:1377_1920x0_80_0_0_8e85f0cf55144046971ce6fc0c123de5.jpg
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston hozircha Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmayapti. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.“Yo‘q, parvozlarni qayta tiklash masalasi hali kun tartibida emas”, – dedi vazir o‘rinbosari.Eslatib o‘tamiz sal avvalroq, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.Unda tomonlar xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan "Surxon–Puli–Xumri" elektr uzatish liniyasini o‘tkazish hamda "Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar" temir yo‘lini qurish bo‘yicha, qolaversa boshqa bir qator kelishuvlarga erishildi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Afg‘oniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.Bu Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda L.Qudratov ham ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, uchrashuv davomida afg‘ong‘oniston taraf temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirishga "rozilik bildirgan".“Hozircha loyihani amalga oshirish muddatlari haqida gapirishga erta, bu hammasi moliyalashtirishning boshlanishiga bog‘liq”, – dedi Qudratov.Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transafg‘on temir yo‘l loyihasi qurilishiga start berilganligini hamda Afg‘onistonning yangi hukumatining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va unga xalqaro moliyalashtirish eshiklari ochilishi bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan edi.Xuddi shu o‘rinda, o‘zbek-afg‘on muhokamalari doirasida bu yagona mavzu emas.Toshkent Kobuldan yordam vositalarini yetkazib berish bo‘yicha aniq bo‘lgan takliflarni kutmoqda. Bu asosan gumanitar ko‘rinishidagi yordam bo‘lib, inson birinchi ehtiyojiga kiradigan narsalar va kiyimlar haqida gap ketmoqda.Uning ma’lumotiga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida ikki davlatlar o‘rtasidagi tovaraylanma, o‘tgan yil bilan solishtirganda “ijobiy o‘sish” holatida turibdi.Bundan sal avvalroq, O‘zbekiston TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik tibbiyot, kiyim-kechak va oziq-ovqat ko‘rinishidagi gumanitar yordam yuborilganligini xabar qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida “Tolibon” * AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish vaqtida hukumat kuchlariga qarshi hujum boshladi va 15-avgustda Kobulga kirib keldi. 31-avgustga o‘tar kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini e’lon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi. Shundan so‘ng, “Tolibon” * 20-yillik urush tugaganini va sentabr oyining boshida harakat rahbarlariga asoslangan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.* RFda ta’qiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1231/13/12311334_127:0:2116:1492_1920x0_80_0_0_eb3c5e5f3b1e2474e3eae029f33b8c51.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, aviaparvozlar
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashga tayyormi
13:24 21.10.2021 (yangilandi: 15:03 21.10.2021) O‘zbekiston hukumatining afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishi kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri edi
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston hozircha Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmayapti. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga tayanib RIA Novosti
xabar qildi.
“Yo‘q, parvozlarni qayta tiklash masalasi hali kun tartibida emas”, – dedi vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz sal avvalroq, 16-oktabr kuni Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi
bo‘lib o‘tgandi.
Unda tomonlar xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan "Surxon–Puli–Xumri" elektr uzatish liniyasini o‘tkazish hamda "Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar" temir yo‘lini qurish bo‘yicha, qolaversa boshqa bir qator kelishuvlarga erishildi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Afg‘oniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.
Bu Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda L.Qudratov ham ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, uchrashuv davomida afg‘ong‘oniston taraf temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirishga "rozilik bildirgan".
“Hozircha loyihani amalga oshirish muddatlari haqida gapirishga erta, bu hammasi moliyalashtirishning boshlanishiga bog‘liq”, – dedi Qudratov.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transafg‘on temir yo‘l loyihasi qurilishiga start berilganligini hamda Afg‘onistonning yangi hukumatining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va unga xalqaro moliyalashtirish eshiklari ochilishi bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan edi.
Xuddi shu o‘rinda, o‘zbek-afg‘on muhokamalari doirasida bu yagona mavzu emas.
Toshkent Kobuldan yordam vositalarini yetkazib berish bo‘yicha aniq bo‘lgan takliflarni kutmoqda. Bu asosan gumanitar ko‘rinishidagi yordam bo‘lib, inson birinchi ehtiyojiga kiradigan narsalar va kiyimlar haqida gap ketmoqda.
“Bu albatta kommersiya ishlari bo‘ladi, lekin bir xilgi hajmlarni yordam tariqasida ham so‘rashmoqda”, – deb aniqlik kiritdi Qudratov.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida ikki davlatlar o‘rtasidagi tovaraylanma, o‘tgan yil bilan solishtirganda “ijobiy o‘sish” holatida turibdi.
Bundan sal avvalroq, O‘zbekiston TIV matbuot kotibi va rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga 1,3 ming tonnalik tibbiyot, kiyim-kechak va oziq-ovqat ko‘rinishidagi gumanitar yordam yuborilganligini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida “Tolibon” * AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish vaqtida hukumat kuchlariga qarshi hujum boshladi va 15-avgustda Kobulga kirib keldi. 31-avgustga o‘tar kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini e’lon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi. Shundan so‘ng, “Tolibon” * 20-yillik urush tugaganini va sentabr oyining boshida harakat rahbarlariga asoslangan muvaqqat hukumat tarkibini
e’lon qildi.
* RFda ta’qiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.