Toshkentda olti qatorli yo‘l foydalanishga topshirildi

© Press-slujba prezidenta RUzDopolnitelnaya doroga, soyedinyayushaya Sergeli s Yakkasarayskim rayonom sdana v ekspluatatsiyu
Dopolnitelnaya doroga, soyedinyayushaya Sergeli s Yakkasarayskim rayonom sdana v ekspluatatsiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Olti qatorli mazkur yo‘l va ko‘priklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yo‘lni ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.
Sergeli bilan Yakkasaroy tumanini bog‘laydigan qo‘shimcha yo‘l loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Cho‘ponota ko‘chasidan Toshkent halqa yo‘ligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazilgan. Uning Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan qismida 788 metrlik ko‘prik va Toshkent halqa yo‘liga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etilgan.
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2020
“Aholi uchun qulaylik”: metroning Sergeli yo‘nalishi ishga tushdi
Mazkur transport inshootlari Mirziyoyev tashrifidan so‘ng ochildi.
"Ushbu yangi yo‘l va ko‘priklar muhandislik yechimiga ko‘ra juda qulay. Birinchidan, mazkur yangi ko‘cha Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yo‘llari bilan kesishadi. Ikkinchidan, transportlarning yangi ko‘prikka chiqishi ham, undan tushishi qulay. Hech qanday svetofor yoki qayrilib olishsiz, boshqalarga xalaqit bermagan holda, keyingi yo‘nalishga qo‘shilib ketish mumkin", - deyiladi xabarda.
Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yo‘lidan Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan 4 kilometrdan ziyod yo‘l qurilmoqda.
Umuman, 6 qatorli mazkur yo‘l va ko‘priklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa o‘rniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli ko‘chasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.
Yangiliklar lentasi
0