https://oz.sputniknews.uz/20211020/samarqandda-noyob-turkiston-silovsini-ushlandi-20982138.html
Samarqandda noyob Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi
Samarqandda noyob Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi
Sputnik O‘zbekiston
Tobora kamayib borayotgan bu jonivorni Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tog‘ tizmalarida uchratish mumkin. 20.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-20T12:01+0500
2021-10-20T12:01+0500
2021-10-20T12:55+0500
jamiyat
hayvonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/918/58/9185811_0:204:2915:1844_1920x0_80_0_0_70ddf687a7b62374c289577ec43079e6.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida kuni kecha, 19-oktabr kuni Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi.Hodisa tumandagi Rahmatobod mahallasida ro‘y bergan. Yirtqich Zarafshon darosi orqali kirib kelgani aytilmoqda.Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan hududda mahalliy “OQBUTA GOLD” MChJ xodimlari Zarafshon darosi orqali kelib qolgan noyob hayvonni ko‘rib qolishadi va unga ovqat ham berishadi. Jonivor ketavermagach tuman ekologiya inspeksiyasiga hamda tuman o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga telefon orqali murojaat qilishadi. Voqea joyiga tezkorlik bilan borib o‘rganilganda esa ushbu hayvon Turkiston silovsini ekani aniqlangan.Viloyat ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, "bu o‘ta noyob jonivorning holati veterinar xulosasiga yaxshi, to‘rt muchasi butligi aniqlangan". Suhbatdosh tez orada silovsin ushlangan joydan qo‘yib yuborilishini aytib o‘tdi."Jonivor aniqlangan hududga yaqin joylarda uning oilasi bo‘lishi mumkin, agar u uzoq joylarga olib borilsa, yashash manzilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin", - deya tushuntirdi suhbatdosh.Shuningdek, Turkiston silovsini shu kunga qadar faqatgina Jizzax viloyatining Zomin hududida ko‘rinish bergan, u mahalliy fotokameralarga tushgan.Turkiston silovsini – qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja turi hisoblanib, faqatgina Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tog‘ tizmalarida uchratish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210618/afrikalik-mehmonlar-toshkent-hayvonot-bogiga-noyob-rangdagi-sher-bolalari-keltirildi--video-19292596.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/918/58/9185811_93:0:2822:2047_1920x0_80_0_0_28edfcb7172fe9b8b4bff9a9954b7ce6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hayvonlar
Samarqandda noyob Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi
12:01 20.10.2021 (yangilandi: 12:55 20.10.2021) Tobora kamayib borayotgan bu jonivorni Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tog‘ tizmalarida uchratish mumkin.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida kuni kecha, 19-oktabr kuni Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi.
Hodisa tumandagi Rahmatobod mahallasida ro‘y bergan. Yirtqich Zarafshon darosi orqali kirib kelgani aytilmoqda.
Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan hududda mahalliy “OQBUTA GOLD” MChJ xodimlari Zarafshon darosi orqali kelib qolgan noyob hayvonni ko‘rib qolishadi va unga ovqat ham berishadi. Jonivor ketavermagach tuman ekologiya inspeksiyasiga hamda tuman o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga telefon orqali murojaat qilishadi.
Voqea joyiga tezkorlik bilan borib o‘rganilganda esa ushbu hayvon Turkiston silovsini ekani aniqlangan.
Viloyat ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimining
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berishicha, "bu o‘ta noyob jonivorning holati veterinar xulosasiga yaxshi, to‘rt muchasi butligi aniqlangan".
Suhbatdosh tez orada silovsin ushlangan joydan qo‘yib yuborilishini aytib o‘tdi.
"Jonivor aniqlangan hududga yaqin joylarda uning oilasi bo‘lishi mumkin, agar u uzoq joylarga olib borilsa, yashash manzilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin", - deya tushuntirdi suhbatdosh.
Shuningdek, Turkiston silovsini shu kunga qadar faqatgina Jizzax viloyatining Zomin hududida ko‘rinish bergan, u mahalliy fotokameralarga tushgan.
Turkiston silovsini – qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja turi hisoblanib, faqatgina Ugom, Piskom, Chotqol, Turkiston, Hisor, Ko‘hitang tog‘ tizmalarida uchratish mumkin.