Putin va Bayden yil oxirigacha uchrashishi mumkin

© Sputnik / Mikhail Metzel  / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve na ville La Granj
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden  vo vremya vstrechi v Jeneve na ville La Granj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskov yil oxiriga qadar Rossiya va AQSh yetakchilari uchrashishlari mumkinligini istisno qilmadi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden tez orada uchrashishi mumkin. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“U yoki bu formatda uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida ishonch bilan aytish mumkin”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U agar ikki davlat rahbarlari bu masalada kelishuvga erishsalar, bu haqda jurnalistlarni albatta xabardor etishini qo‘shimcha qilgan.
Peskovning qayd etishicha, RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida mazkur masala ham kun tartibidagi boshqa masalalar qatori muhokama etilgan. Prezidentning matbuot-kotibi, shuningdek, Vladimir Putin BMTning Atrof-muhit bo‘yicha konferensiyasiga bormasligini, lekin Rossiyaning ushbu anjumandagi ishtiroki ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Pomoshnik gossekretarya SShA Viktoriya Nuland  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda
Ta’kidlash jozki, Rossiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlar OAVlarida sentabr oyi avvalida paydo bo‘lgan edi. Manbalarning ma’lum qilishicha, Afg‘oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat, qurol-yarog‘lar ustidan nazorat, kiberxavfsizlik, Ukraina hamda Yaqin Sharq masalalari istiqboldagi uchrashuvning asosiy mavzulari bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0