https://oz.sputniknews.uz/20211020/ozbekiston-oltin-valyuta-zaxiralari-hajmi-kamaydi-20995143.html
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi kamaydi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga kamaygan. 20.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-20T20:19+0500
2021-10-20T20:19+0500
2021-10-20T20:19+0500
iqtisod
markaziy bank
oltin-valyuta zaxiralari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18122628_0:55:1050:646_1920x0_80_0_0_6048e44dad069998bb5a8834740693c8.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-oktabr holatiga 34,41 mlrd dollarni tashkil etdi. Sentabr oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaygan. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak bermoqda.Bunga qator omillar ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Birinchidan, zaxiralarning keskin kamayishiga jahon bozorida oltin narxi pasaygani sabab bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Chunki o‘tgan bir oy davomida oltin hajmi 12,1 million troya unsiyadan 12,3 million troya unsiyaga (taxminan 6,22 tonna) ko‘paygan bo‘lsa-da, uning qiymati 21,87 milliard dollardan 21,34 milliard dollarga pasaygan.Ikkinchidan, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari qariyb 480 mln dollarga kamaygan.Hozirda O‘zbekistonda 21,345 mlrd dollarlik oltin zaxirasi bor — bu 12,3 million troy unsiyani tashkil etadi (taxminan 382,6 tonna, bu o‘tgan oyga qaraganda 6 tonnaga ko‘p).Qayd etilishicha, hozirgi zaxiralar 18 oydan ortiq muddatda importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 3 oylik darajadan ancha yuqori hisoblanadi.Zaxiralar, boshqa narsalar qatorida, mamlakat uchun "xavfsizlik yostig‘i" hisoblanadi. Ular salbiy tashqi zarbalarga qarshi ishlatilishi uchun zarur va zaxiralarning yetarliligi bevosita ushbu zarbalarning tabiatiga ham bog‘liq.Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi standartlari asosida yuritiladi. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shakldagi monetar oltindan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20210810/oltin-valyuta-zahiralari-hajmi-oshdi---markaziy-bank-20018098.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18122628_59:0:992:700_1920x0_80_0_0_b917ef5a9d566ac8643b296b86dbaaf6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank, oltin-valyuta zaxiralari
iqtisod, markaziy bank, oltin-valyuta zaxiralari
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi kamaydi
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oktabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,02 mlrd dollarga kamaygan.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-oktabr holatiga 34,41 mlrd dollarni tashkil etdi. Sentabr oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaygan. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari
darak bermoqda. Bunga qator omillar ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Birinchidan, zaxiralarning keskin kamayishiga jahon bozorida oltin narxi pasaygani sabab bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Chunki o‘tgan bir oy davomida oltin hajmi 12,1 million troya unsiyadan 12,3 million troya unsiyaga (taxminan 6,22 tonna) ko‘paygan bo‘lsa-da, uning qiymati 21,87 milliard dollardan 21,34 milliard dollarga pasaygan.
Ikkinchidan, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari qariyb 480 mln dollarga kamaygan.
Hozirda O‘zbekistonda 21,345 mlrd dollarlik oltin zaxirasi bor — bu 12,3 million troy unsiyani tashkil etadi (taxminan 382,6 tonna, bu o‘tgan oyga qaraganda 6 tonnaga ko‘p).
Qayd etilishicha, hozirgi zaxiralar 18 oydan ortiq muddatda importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 3 oylik darajadan ancha yuqori hisoblanadi.
Zaxiralar, boshqa narsalar qatorida, mamlakat uchun "xavfsizlik yostig‘i" hisoblanadi. Ular salbiy tashqi zarbalarga qarshi ishlatilishi uchun zarur va zaxiralarning yetarliligi bevosita ushbu zarbalarning tabiatiga ham bog‘liq.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi standartlari asosida yuritiladi. O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shakldagi monetar oltindan iborat.