Siyosatshunos Rossiya va NATO o‘rtasida tez orada urush boshlanishini bashorat qilmoqda

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishFlag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Ekspert fikricha, Rossiya va NATO munosabatlari oldindan aytib bo‘lmas oqibatlar bilan yakun topishi mumkin
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya va NATO o‘rtasidagi diplomatik mojaro Birinchi jahon urushi oldidagi holatga o‘xshaydi. Bu haqda Rossiya xalqaro masalalar bo‘yicha kengashi direktori Andrey Kortunov fikr bildirgan.
Sputnik Tojikiston xabari asosida.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, oldingi vaqtlarda ko‘pchilik tez orada jangovar harakatlar boshlanib ketishini oldindan ko‘ra bilmagan.
"Yetti yil mojaro bo‘lmagan, endi esa hech qachon bo‘lmaydi ham. Ko‘pchilik Birinchi jahon urushi oldidan xuddi shunday o‘ylashgan", - deya ta’kidlagan Kortunov.
General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
AQSh Gruziyaga uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi - Lloyd Ostin
Ekspert RF va shimoliy atlantika alyansi qurolli kuchlari o‘rtasidagi ishchi aloqalar ahamiyatini qayd etib o‘tdi.
Kortunovning fikricha, Rossiya va NATO munosabatlaridagi mojaro oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rossiyaning Alyans qoshidagi vakolatxonasi ishining tugatilishi bilan - ikkala tomon harbiylari o‘rtasida muloqotlar tiklanishiga bo‘lgan umid so‘ndi. Ushbu holat har qanday inqirozda salbiy oqibat yuz berishi xatarini kuchaytiradi, deb ta’kidlamoqda ekspert.
Kortunovning aytishicha, RF va NATO o‘rtasida munosabatlar yomonlashuvi oktabr oyida boshlangan. Bunga Alyansning rossiyalik diplomatlarni Brusseldan chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan edi. Bunda Pentagonning Ukraina va Gruziya NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonoti ham muhim rol o‘ynadi.
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Rossiya Moskvadagi NATO vakolatxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi
Kortunovning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya obrazidan asosiy raqib sifatida foydalanishni xohlamoqda.
Ilgariroq, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat 1-noyabrdan Alyans qoshidagi o‘z vakolatxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Rossiya hukumati Moskvadagi NATO axborot burosini ham yopishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0