MSK saytida aniq bo‘lmagan ma’lumotlarni qidiruvchi interaktiv portal ishga tushirildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishYeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet
Yeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolar "Saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish" xizmatlari yordamida o‘z saylov uchastkalari haqida ma’lumot olishlari va o‘zgartirishlari mumkin
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. “Saylovchilar ro‘yxatida o‘zingni top” interaktiv platformasi MSKning veb-saytida ishga tushirilgan bo‘lib, unda doimiy yoki vaqtincha yashash manzili bo‘yicha saylov uchastkasi haqidagi ma’lumotlarni saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SAER) da tekshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga MDH kuzatuvchilari Missiya shtabi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu xizmatdan foydalangan holda har qanday fuqaro o‘z saylov uchastkasini "Saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish" xizmati yordamida aniqlashi mumkin.
Gerb RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Saylov – 2021: MDH PA kuzatuvchilari guruhiga tojikistonlik parlamentariy boshchilik qiladi
Bundan tashqari, 9-oktabrdan boshlab fuqarolarga saylov uchastka komissiyalarga saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish va kerak bo‘lganda ro‘yxatdagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida ariza bilan uchastka komissiyasiga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
Mazkur ariza saylov uchstka komissaisi tomonidan ko‘rib chiqilishi rad etilgan holatda fuqarolar tegishli tartibda sudga shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin.
Xorijiy davlatlarda bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston TIVning veb-sayti va xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari orqali saylovchilar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati beriladi.
Agar ma’lum bir sababga ko‘ra saylovchi ro‘yxatga kiritilmagan bo‘lsa, u saylov kuni o‘z saylov uchastkasiga kelishi mumkin. Mazkur vaziyatda o‘z fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat bilan u saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shimchaga kiritiladi.
MSKning so‘ngi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovlarda qatnashish ro‘yxatiga 21 million ikki yuz ming nafar fuqaro kiritilgan.
Shuningdek, 14 ta saylov okruglari va 10,814 ta saylov uchastka komissiyalari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 54 tasi xorijda.
Sal avvalroq MSK xabariga ko‘ra, 14 va 15-oktabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalariga 40,328 nafar fuqaro tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0