Salonikidagi JChda o‘zbekistonlik yosh sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi

Sambo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Yosh sambochilar 17 medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etishdi va respublikaga jami 17 medalni ko‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza jami 17 medalni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Birinchilik Rossiya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Ukraina vakillari yakun yasashdi.
Bu o‘zbek sambochilarining jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi ilk marotaba yuz berdi.
Eslatib o‘tamiz, bunday jahon chempionatlarida shu kungacha o‘zbekiston jamoasi faqat uchinchi pog‘ona bilan cheklanib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0