Mahalla xodimlarining oyligi 35 foizga ko‘tariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 1-noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan MFY xodimlari oylik maoshi 35 foizga oshiriladi.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Prezident “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlari tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
MFY xodimlarini rag‘batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko‘rsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan — tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga o‘tkaziladi.
Shu bilan bir qatorda, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari bo‘ladi:
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining (moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘larini inobatga olmagan holda) 10 foizi miqdoridagi budjet mablag‘lari;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan ajratiladigan mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 3 foizi miqdoridagi ajratma;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan mablag‘lar;
homiylik mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mas’ul shaxslarga tuman (shahar) hokimliklariga tegishli bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan foydalanib kelingan bino hamda inshootlar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlashga ko‘rsatma berilgan.

Bundan tashqari, 2021-yilda barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga zarur kanselyariya mahsulotlari xaridi uchun, Moliya vazirligi tomonidan 9,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0