Ertaga prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari teledebatlarda uchrashishadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDesatiy syezd partii UzLiDep
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Teledebatlar “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida uzatilib boriladi
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. O‘zbekiston respublikasi Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebatlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zLiDePning rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-oktabr kuni soat 17:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari ishtirokidagi qizg‘in bahs-munozarali teledebatlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonni “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, debatlar aholini barcha qatlamlarini qamrab olishi uchun “Yoshlar” va “Toshkent” telekanallarida – ruscha tarjima, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida esa – inglizcha va (surdo) tarjimasi bilan ham efirga uzatish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasing UZTV.TV platformasi orqali munozaralarni butun dunyo bo‘ylab kuzatish mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0