Eron universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi

Uchebniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur kurs “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 21-oktabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab Eronning yetakchi universitetlaridan biri Alloma Tabotaboiy oliygohida o‘zbek tili kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Mazkur kurs “Turk tili va adabiyoti” kafedrasi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv kursi leksik, grammatik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan materiallarni o‘z ichiga olib, ular O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi matnlardan iborat bo‘ladi.
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2021
Xorijlik talabalar o‘zbek tilini onlayn shaklida o‘rganishlari mumkin
Sharqshunoslik universiteti xodimlarining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar 28-oktabrdan boshlanadi va onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Bu joriy yil hisobidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijda o‘zbek tilini o‘qitish bo‘yicha ikkinchi tajribasi. Birinchisi Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti sharqshunoslik talabalari uchun tashkil etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0