“Chiroyli” avtoraqam ishqibozlari qancha pul sarflashdi

Obuna bo‘lish
Joriy yil 9 oyida o‘zbekistonliklar 105 mingdan ortiq “chiroyli” avtoraqamlar sotib olish uchun 221 mlrd so‘m yoki 20 mln dollar sarflashdi.
Ushbu summa mutlaq rekord bo‘lgan. U 2018-2020 yillar ichida sotilgan jami “chiroyli” avtoraqamlarning umumiy summasidan ham ortiqcha.
“Chiroyli” raqamlar savdosi tarixida mutlaq rekord Toshkent shahrida o‘rnatilgan. Tarkibida “777” sonlar bo‘lgan raqam 441,5 million so‘mga ($ 41 ming) sotilgan. Eng arzon davlat raqami 450,5 ming so‘mga (42 dollar) sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0