https://oz.sputniknews.uz/20211017/samarqanddagi-bogchadan-gosht-ogirlanishi-yuzasidan-jinoiy-ish-qozgatildi-20938529.html
Samarqanddagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqanddagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston
Paxtachi tumanidagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlanishi ortidan bosh oshpaz va mudira ishdan bo‘shatildi. 17.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-17T11:45+0500
2021-10-17T11:45+0500
2021-10-17T11:57+0500
hodisalar
bog‘chalar
samarqand viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d55c53d2b27e67fc25e6ba799c5dd9ef.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bog‘chada go‘sht o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.Vazirlik xabariga ko‘ra, tumandagi Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. pishirilgan 4,7 kilogramm go‘shtni olib avval kirxonaga yashirib qo‘ygan. So‘ng uni bog‘chaning xo‘jalik mudirasi M.E.ga bergan.Xo‘jalik mudirasi M.E. 4,7 kg pishirilgan go‘shtni bog‘cha hovlisidan olib chiqib ketayotganda uni shu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan N.N. va M.U. to‘xtatib qolishgan. Ular bu holatni videoga olishgan.Bosh oshpaz va xo‘jalik mudirasi bilan suhbat o‘tkazilganda ular 28-bog‘cha direktori Sh.U.ning topshirig‘i va ko‘rsatmasiga anchadan buyon go‘sht o‘g‘irlashlarini aytishgan. Ular video va audio yozuvlardagi gaplar to‘g‘ri ekanini o‘z tushuntirish xatlarida tasdiqlashgan.Hozir bosh oshpaz O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, 28-sonli bog‘cha mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/ozbekistonda-ishlamaydigan-bogcha-opalarga-24-milliard-som-maosh-yozilgani-fosh-qilindi-20917126.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_56688fcbe42246e66af7a42051f04697.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , bog‘chalar, samarqand viloyati
hodisalar , bog‘chalar, samarqand viloyati
Samarqanddagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlanishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
11:45 17.10.2021 (yangilandi: 11:57 17.10.2021) Paxtachi tumanidagi bog‘chadan go‘sht o‘g‘irlanishi ortidan bosh oshpaz va mudira ishdan bo‘shatildi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan bog‘chada go‘sht o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan rasmiy
ma’lumot berdi. Vazirlik xabariga ko‘ra, tumandagi Hayit Elbegi mahallasida joylashgan 28-sonli bog‘cha bosh oshpazi O‘.A. pishirilgan 4,7 kilogramm go‘shtni olib avval kirxonaga yashirib qo‘ygan. So‘ng uni bog‘chaning xo‘jalik mudirasi M.E.ga bergan.
Xo‘jalik mudirasi M.E. 4,7 kg pishirilgan go‘shtni bog‘cha hovlisidan olib chiqib ketayotganda uni shu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlaydigan N.N. va M.U. to‘xtatib qolishgan. Ular bu holatni videoga olishgan.
Bosh oshpaz va xo‘jalik mudirasi bilan suhbat o‘tkazilganda ular 28-bog‘cha direktori Sh.U.ning topshirig‘i va ko‘rsatmasiga anchadan buyon go‘sht o‘g‘irlashlarini aytishgan. Ular video va audio yozuvlardagi gaplar to‘g‘ri ekanini o‘z tushuntirish xatlarida tasdiqlashgan.
Hozir bosh oshpaz O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining
xabar qilishicha, Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, 28-sonli bog‘cha mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.