“O‘zbekgidroenergo” “Fitch Ratings” reytingida yuqoriladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishReytingovoe agentstvo Fitch Ratings
Reytingovoe agentstvo Fitch Ratings - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya respublikada ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo‘lib “Fitch Ratings”ning “BB-” darajasini qo‘lga kiritgan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” AJ jahonda yetakchi “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2020 yilda Jamiyat reytingi B+ (barqaror) bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda Jamiyat reytingi BB- (barqaror) darajasiga ko‘tarilgan.
“Fitch Ratings” “O‘zbekgidroenergo”ning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy holatini, balki uning korporativ boshqaruv tizimini, biznes strategiyasini, ichki normativ hujjatlarining yuritilishi va boshqa yo‘nalishlarni chuqur o‘rganib, tahlil qilgan.
“O‘zbekgidroenergo” AJ respublikada ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo‘lib “Fitch Ratings” xalqaro kredit reytingining “BB-” darajasini qo‘lga kiritdi”, - deyilgan xabarda.
Golovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari endi yiliga ikki marta tekshiruvdan o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0