“Aqlni shoshirib qo‘yadi”: Navoiydagi diqqatga sazovor 5 ta asosiy maskan
17:48 17.10.2021 (yangilandi: 17:52 17.10.2021)
© SputnikMavlono Orif Deggaroniy masjidi
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Navoiy o‘zining betakror maskanlari bilan har qanday sayyohni o‘ziga maftun qiladi oladi. Neolit davriga mansub petrogliflar, Mavlono Orif Deggaroniy masjidi qurilishida ishlatilgan moddalar sirlari shular jumlasidan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Joriy yilning 14-15 oktabr kunlari Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamkorligida info-tur tashkil etildi. Unda bir qator mahalliy va xorijiy OAV vakillari Navoiy viloyatining turistik salohiyati bilan tanishib chiqishdi.
Viloyatning 5 ta diqqatga sazovor joylari – Sputnik reportajida.
Sarmishsoy – uzoq o‘tmishga meditativ sayohat
Avvaliga rasmiy ma’lumotlarga yuzlanamiz: 2021-yilning uchinchi chorak yakunlari ko‘ra viloyatda hordiq chiqargan sayyohlarning soni qariyb 124,8 mingni tashkil etgan, shundan 4,5 ming nafari xorijliklar bo‘lgan. Bu raqamlar koronavirus pandemiyasining avj olishi ichki turizmning rivojlanishiga turtki bo‘lganidan dalolat beradi.
Dastavval ekskursiya “Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, Sarmishsoy o‘zining ajoiyb tabiati bilan ajralib turadi. Maskan istiqbolli hududi 20 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu yerdagi qattiq jismlar bilan urib, tirnab ishlangan 10 mingdan ziyod petrogliflar odam aqlini shoshirib qo‘yadi. Zero ularning eng qadimgisi neolit davriga mansub.
© Sputnik“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi
“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi
© Sputnik
Qo‘riqxona rahbari Ramazon Egamovning so‘zlariga ko‘ra, dara 10 mingta turli-tuman petrogliflariga ega. Ular boshqa hech bir davlatda uchramaydi. Sayyohlar umuminsoniy madaniy meros to‘plamlarini, xususan, skif, saklar hattoki ayrim joylarda greklar madaniyatini o‘z ichiga olgan qoyatosh suratlarni ilmiy tomondan o‘rganish uchun tashrif buyurishadi. Bundan tashqari, bu yerdagi tabiatning xushmanzaraligi, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarib, Qizil kitobga kiritilgan hayvonot olami bilan tanishish imkoni borligi sayyohlarni o‘ziga ohangrabodek tortadi.
© Sputnik“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi
“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasi
© Sputnik
Sayyohlarni hayratga soluvchi Mavlono Orif Deggaroniy masjidi
Masjidning paydo bo‘lishi uzoq o‘tmishlarga borib taqalar ekan. Adabiyotshunos N. Mallayev Deggaron masjidini Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasidan ham qadimiyroq ekanligini bildirib o‘tgan.
“Ko‘pchilik olimlar, obida islomdan avval qurilgan degan fikrni ham olg‘a surishmoqda. Chunki yodgorlik zardushtiylar davriga hos me’morchilik uslubida qurilgan bo‘lib, markazida gulhan yoqib, otashparastlar ibodat qilishgan”, – deb so‘zlab beradi masjidning imom-xatibi binoning tarixi haqida.
© SputnikMavlono Orif Deggaroniy masjidi
Mavlono Orif Deggaroniy masjidi
© Sputnik
“G‘ishtlar orasidagi qorishmaning tarkibi mutaxassis va sayyohlarning kuchli qiziqishiga sabab bo‘lib kelyapti. U judda qattiq elementdan tayyorlangan. Ayniqsa, chet ellik ziyoratchilar bundan taajjubga tushib qolishadi, hattoki ishonch hosili uchun uni tirnab ham ko‘rishadi. Unga qanday modda qo‘shilgani hanuzgacha aniqlanmagan sir bo‘lib qolmoqda”, – deb, qo‘shimcha qildi u.
Nur chashma – kuchli bioenergiya yig‘ilgan maydon
Hazrati Nurota ziyoratgohini asosi “Nur chashma” hisoblanadi. Bu quduqdan bir soniyaga 400 litr suv qaynab chiqar hamda ariqlar yordamida shaharliklarning hovlisiga borar ekan.
Bu suv tog‘ ichidagi, toshlar orasidan o‘tgan chog‘i turli xil kimoviy birikmalarni, tog‘ jinslaridagi har xil elementlarni eritib o‘zi bilan birga olib chiqadi ekan. Natijada esa yuqori minerallashgan suv yer yuziga chashma bo‘lib otilib chiqishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Nurota tarixi bo‘yicha mutaxassis Shavkat Ismoilzodadan chashma suvining tarkibi haqida so‘radik.
“Bilasizlarmi, suvning tarkibi hayratomuz, tadqiqotlar o‘tkazilganda 21 turdagi minerallar borligi aniqlangan, hali zamon ilm-fanga ma’lum bo‘lmagan minerallar borligini gidrogeologlar birdek e’tirof etishmoqda. Qishin-yozin suvning harorati bir xil 19,5 darajada saqlanib turadi. Bu suv shunday suvki – tirik suv deyiladi, ming bir dardga da’vodir”, – deydi u.
© SputnikChashma
Chashma
© Sputnik
Ma’lumot o‘rnida, 2004-yil 17-may kuni chashmadan 15 metr tepalikka qarab nur sochgan ekan. Mahalliy aholi esa bu hodisani o‘z ko‘zlari bilan kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Olimlar bu holatni qo‘yidagicha izohlashgan: “Kuchli bioenergiya yig‘ilgan maydondan tarqalgan nur”.
Dasht o‘rtasidagi moviy sarob – Aydarko‘l
Qizilqum dashtlari bo‘ylab Aydarko‘lgacha yo‘l 20 daqiqa vaqtni oldi. Bu paytda ko‘z oldimizda keng dasht yoyilib, goh-gohida qo‘y-podalariga ko‘zimiz tushdi. Shunday bo‘lsa-da, qumli dengizning oxiri yo‘qqa o‘xshab tuyulgan bir paytda go‘yoki hech qayerdan, bizning ko‘z o‘ngimizda moviy chiziq paydo bo‘ldi. Ko‘lga yaqinlashganimiz sari ufq kattalashib o‘z chiroyini ochib boraverdi.
© SputnikAydarko‘l
Aydarko‘l
© Sputnik
Betakror go‘zallikka ega bo‘lgan ko‘l g‘oyat toza va iliqligi bilan ajralib turar ekan. Bu yerda yozning jazirama issiq kunlarini katta-yu kichik birdek o‘tkazishni xohlashi tabiiy.
Bu maskan baliq ovining shinavandilari uchun ayni muddao. Chunki baliqlarining dong‘i qo‘shni-qo‘shni qishloqlargacha ham yetib borgan.
© SputnikAydarko‘l
Aydarko‘l
© Sputnik
“Kemel travel” - chinakam sarguzasht ishqibozlari maskani
Biroz vaqt o‘tgach, yana o‘sha Zarafshon cho‘lining bepayon kengliklarida joylashgan yurta – “Kemel travel”ga yetib bordik.
Aytish kerakki, cho‘lda bo‘lishiga qaramasdan, u yerda hayot uchun barcha zarur sharoitlar bor. Hozirgi kunda bu maskanda 17 yurta o‘rnatilgan bo‘lib, may oyidan boshlab noyabr oyigacha sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Sayyohlar bu maskanda sahro kemalari ikki o‘rkachli tuyalarda va otlarda uchishlari mumkin. Ko‘chmanchilarning hayot tarzini yaqindan his qilishni imkoniyati shu yerda tug‘iladi.
© SputnikKemel travel v Navoi
Kemel travel v Navoi
© Sputnik
Kechki payt o‘tovlarning markazida gulxan yoqiladi va baxshilarning turli xil kuy-qo‘shiqlari yangraydi.
Germaniyadan tashrif buyurgan Sabine Dorendorf maskan haqidagi o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz bu ajoyib joyga yetib keldik va bu o‘ziga hos uylarga joylashdik. Ular juda rang-barang. Birinchi qilgan ishimiz tuyaga minish bo‘ldi. Bu unutilmas!”, – deydi xorijlik sayyoh.