Dunyodagi birinchi kino ekipaji fazodan Yerga qaytdi

© AP Photo / Roscosmos Space AgencyAktrisa Yuliya Peresild, rejisser Klim Shipenko i kosmonavt Anton Shkaplerov na Mejdunarodnoy kosmicheskoy stansii
Aktrisa Yuliya Peresild, rejisser Klim Shipenko i kosmonavt Anton Shkaplerov na Mejdunarodnoy kosmicheskoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Aktrisa Yuliya Peresild va rejissor Klim Shipenkodan iborat dunyodagi ilk kino ekipaji Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Roskosmos “Soyuz MS-18” kemasining Qozog‘iston sahrosiga qo‘nishini onlayn efirga uzatdi.
Kino guruhi Xalqaro kosmik stansiyada ikki hafta davomida bo‘ldi. Fazoda Rossiyaning “Vizov” (“Chaqiriq”) filmi suratga olindi.
Ekipaj Qozog‘istonning Jezkazgan shahrining 148 kilometr janubiy-sharqida qo‘ndi. Ular endi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va maxsus reysda Moskva viloyatiga olib kelinadi.
Rossiyalik kinoijodkorlar dunyoda birinchi bo‘lib ochiq fazoda 30-40 daqiqali filmni suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Start TPK Soyuz MS-19 so syemochnoy gruppoy filma Vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiyalik aktorlar gollivudlik hamkasblarini ortda qoldirib, birinchi bo‘lib koinotga uchishdi
Yangiliklar lentasi
0