https://oz.sputniknews.uz/20211017/aholining-tabiiy-gazdan-5006-mlrd-som-qarzi-bor--hududgaztaminot-20937657.html
Aholining tabiiy gazdan 500,6 mlrd so‘m qarzi bor – “Hududgazta’minot”
Aholining tabiiy gazdan 500,6 mlrd so‘m qarzi bor – “Hududgazta’minot”
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud. 17.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-17T10:39+0500
2021-10-17T10:39+0500
2021-10-17T10:41+0500
iqtisod
gaz
qarz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1334/11/13341134_0:0:3083:1734_1920x0_80_0_0_60e9288ba351a29e57994fa6c34c6c3b.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugungi kunga kelib o‘zbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd so‘mdan oshgan. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, iste’molchilar xonadonlarida "Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi"ga ulangan 2 milliondan ortiq "aqlli" hisoblagichlar (ASKUE) o‘rnatib berilgan.Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 million iste’molchi esa sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda.Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayrim iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmayapti. Natijada esa iste’molchilar tomonidan katta qarzdorlik yuzaga kelmoqda va qarzga nisbatan vaqtida to‘lov qilinmaganligi sababli penya hisoblanmoqda.Ma’lum qilinishicha, tez orada butun mamlakat bo‘ylab "aqlli" hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlanadi. Yangi hisoblagichlar ishga tushgach, iste’molchiga baribir qarzdorligini qoplashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, asosiy qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga unga nisbatan hisoblangan penyani ham to‘lash talab qilinadi. Aks holda iste’molchi gaz ta’minoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qo‘yiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210929/hududgaztaminot-tabiiy-gaz-endi-ogohlantirishsiz-ochirilmaydi-20690012.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1334/11/13341134_352:0:3083:2048_1920x0_80_0_0_0b06e4cca1be860d153f28feff0c3eec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, gaz, qarz
Aholining tabiiy gazdan 500,6 mlrd so‘m qarzi bor – “Hududgazta’minot”
10:39 17.10.2021 (yangilandi: 10:41 17.10.2021) Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugungi kunga kelib o‘zbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd so‘mdan oshgan. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, iste’molchilar xonadonlarida "Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi"ga ulangan 2 milliondan ortiq "aqlli" hisoblagichlar (ASKUE) o‘rnatib berilgan.
Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 million iste’molchi esa sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayrim iste’molchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmayapti. Natijada esa iste’molchilar tomonidan katta qarzdorlik yuzaga kelmoqda va qarzga nisbatan vaqtida to‘lov qilinmaganligi sababli penya hisoblanmoqda.
“Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, tez orada butun mamlakat bo‘ylab "aqlli" hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlanadi. Yangi hisoblagichlar ishga tushgach, iste’molchiga baribir qarzdorligini qoplashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, asosiy qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga unga nisbatan hisoblangan penyani ham to‘lash talab qilinadi. Aks holda iste’molchi gaz ta’minoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qo‘yiladi.