https://oz.sputniknews.uz/20211016/soxda-aeroport-qurib-bitkazildi-20935159.html
So‘xda aeroport qurib bitkazildi
So‘xda aeroport qurib bitkazildi
Sputnik O‘zbekiston
So‘x tumani O‘zbekistonga yanada yaqin bo‘ldi - u yerda yangi mahalliy aeroport qurib bitkazildi. 16.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-16T18:27+0500
2021-10-16T18:27+0500
2021-10-17T09:23+0500
jamiyat
aeroport
farg‘ona viloyati
so‘x tumani
so‘x yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/10/20935265_0:28:1280:748_1920x0_80_0_0_f79a5bbc41ce27c9d059750ee71ff88c.jpg
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidan yangi aeroport qurib bitkazildi, deb xabar qilmoqda So‘x tumani hokimiyati matbuot xizmati. Navobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jadal sur’atlar bilan barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Aeroport qurilishiga davlat budjetidan 6,8 mlrd. so‘m (635 ming$) mablag‘ ajratilib, aeroport uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab olgan. Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, So‘x tumaniga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan shaxsan tanishdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston hududi ichkarisida joylashgan eksklavi - So‘x tumani, maydoni 352 km kvadratni tashkil qiladi. Bu yerda 80 ming aholi yashaydi. Tumanning O‘zbekiston bilan bevosita chegarasi bo‘lmagani tufayli Qirg‘iziston hududi orqali 19 km masofa bosib borish va 2 marotaba chegara nazoratidan o‘tish kerak. Yangi aeroport, shubhasiz, So‘x tumani uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi. U har qanday vaziyatda O‘zbekiston bilan tez va bevosita bog‘lanish imkonini beradi. Aeroportlar xalqaro klassifikatsiyasiga ko‘ra ushbu aeroport 4-klass toifasiga mansub bo‘lib, undan faqat mahalliy yo‘nalishlarda uchadigan samolyotlar foydalanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210406/sox-tumaniga-yaqin-yol-ochildi-18188848.html
farg‘ona viloyati
so‘x tumani
so‘x yangiliklari
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/10/20935265_124:0:1157:775_1920x0_80_0_0_bea61e9b2ee9f740de55de7e6a063009.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, aeroport, farg‘ona viloyati, so‘x tumani, so‘x yangiliklari
jamiyat, aeroport, farg‘ona viloyati, so‘x tumani, so‘x yangiliklari
So‘xda aeroport qurib bitkazildi
18:27 16.10.2021 (yangilandi: 09:23 17.10.2021) So‘x tumani O‘zbekistonga yanada yaqin bo‘ldi - u yerda yangi mahalliy aeroport qurib bitkazildi.
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidan yangi aeroport qurib bitkazildi, deb xabar qilmoqda So‘x tumani hokimiyati matbuot xizmati.
Navobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jadal sur’atlar bilan barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Aeroport qurilishiga davlat budjetidan 6,8 mlrd. so‘m (635 ming$) mablag‘ ajratilib, aeroport uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab olgan. Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, So‘x tumaniga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan shaxsan tanishdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston hududi ichkarisida joylashgan eksklavi - So‘x tumani, maydoni 352 km kvadratni tashkil qiladi. Bu yerda 80 ming aholi yashaydi. Tumanning O‘zbekiston bilan bevosita chegarasi bo‘lmagani tufayli Qirg‘iziston hududi orqali 19 km masofa bosib borish va 2 marotaba chegara nazoratidan o‘tish kerak.
Yangi aeroport, shubhasiz, So‘x tumani uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi. U har qanday vaziyatda O‘zbekiston bilan tez va bevosita bog‘lanish imkonini beradi. Aeroportlar xalqaro klassifikatsiyasiga ko‘ra ushbu aeroport 4-klass toifasiga mansub bo‘lib, undan faqat mahalliy yo‘nalishlarda uchadigan samolyotlar foydalanishi mumkin.