https://oz.sputniknews.uz/20211016/ozbekistonga-ilk-bor-kochma-pzr-laboratoriya-olib-kelindi-20931094.html
O‘zbekistonga ilk bor ko‘chma PZR laboratoriya olib kelindi
O‘zbekistonga ilk bor ko‘chma PZR laboratoriya olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyaning OPASCA hamkorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘chma PZR laboratoriya sovg‘a qilindi. 16.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-16T10:33+0500
2021-10-16T10:33+0500
2021-10-16T10:37+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sanitariya-epidemiologiya xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20928036_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3bc89c31dff1a6bdb9d67ba1e2d21e92.png
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. O‘zbekistonga ilk bor ko‘chma PZR laboratoriya olib kelindi, deb xabar qildi Sog‘liqni aqlash vazirligi. Ushbu laboratoriya “Germaniya hukumatining O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimiga texnik va tashkiliy yordami” loyihasi doirasida O‘zbekistonga olib kelingan. PZR mobil laboratoriyalar 2020-yilda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va OPASCA GmbH ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 200 ga yaqin statsionar PZR laboratoriyalar mavjud. Chekka va olis hududlar aholisini qamrab olishda ba’zi muammolar bor edi. Ko‘chma PZR laboratoriyasi va emlash punkti yurtimizning istalgan hududiga borib, koronavirus tahlillarini o‘tkazish imkonini beradi. Mobil PZR laboratoriyasi dastlabki faoliyatini Samarqand viloyatining chekka va aholi soni ko‘p bo‘lgan hududlaridan boshlashi kutilmoqda. Fuqarolar mazkur laboratoriyada koronavirusga bepul test topshiradilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0f/20928036_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_16fe8c7f5d79ba4f43ca378bb8927a26.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sanitariya-epidemiologiya xizmati
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sanitariya-epidemiologiya xizmati
O‘zbekistonga ilk bor ko‘chma PZR laboratoriya olib kelindi
10:33 16.10.2021 (yangilandi: 10:37 16.10.2021) Germaniyaning OPASCA hamkorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘chma PZR laboratoriya sovg‘a qilindi.
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. O‘zbekistonga ilk bor ko‘chma PZR laboratoriya olib kelindi, deb xabar qildi Sog‘liqni aqlash vazirligi.
Ushbu laboratoriya “Germaniya hukumatining O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimiga texnik va tashkiliy yordami” loyihasi doirasida O‘zbekistonga olib kelingan.
PZR mobil laboratoriyalar 2020-yilda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va OPASCA GmbH ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
laboratoriya kuniga 1500 kishida uchun PZR-test olish imkonini beradi;
PZR-test natijasi 1 soat ichida niq bo‘ladi;
Laboratoriyadan emlash punkti sifatida foydalanish ham mumkin;
elektr energiyasi bo‘lmagan vaziyatlarda ham 6 soatgacha xizmat ko‘rsata oladi;
haydovchi va 3 nafar tibbiyot xodimining avtonom faoliyati uchun moslashtirilgan. Laboratoriya ichida ularning dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi va boshqa ehtiyojlari uchun zarur sharoitlar mavjud.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 200 ga yaqin statsionar PZR laboratoriyalar mavjud. Chekka va olis hududlar aholisini qamrab olishda ba’zi muammolar bor edi. Ko‘chma PZR laboratoriyasi va emlash punkti yurtimizning istalgan hududiga borib, koronavirus tahlillarini o‘tkazish imkonini beradi.
Mobil PZR laboratoriyasi dastlabki faoliyatini Samarqand viloyatining chekka va aholi soni ko‘p bo‘lgan hududlaridan boshlashi kutilmoqda. Fuqarolar mazkur laboratoriyada koronavirusga
bepul test topshiradilar.