https://oz.sputniknews.uz/20211015/shavkat-mirziyoev-mdhni-rivojlantirish-uchun-10-tashabbus-bilan-chiqdi-20925635.html
Shavkat Mirziyoyev MDHni rivojlantirish uchun 10 tashabbus bilan chiqdi
Shavkat Mirziyoyev MDHni rivojlantirish uchun 10 tashabbus bilan chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining MDH davlatlari orasida sanoat kooperatsiyasi, transport koridorlarini rivojlantirish, bojxona talablarini umumlashtirish, pandemiyani... 15.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-15T16:00+0500
2021-10-15T16:00+0500
2021-10-15T19:40+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
mdh
sammit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20856338_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_acb8008283cfc8a4f6f0606ad4fe97ac.jpg
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tayotgan MDH rahbarlari sammitida Shavkat Mirziyoyev ushbutuzilmani yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida quyidagi tashabbuslarni bildirdi. 1. MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish. Pandemiyaga qaramasdan MDH davlatlari orasida savdo-sotiq miqdori 1/3 marotaba o‘sdi. Bunda nafaqat son jihatidan balkim sifat jihatidan ham o‘sish kuzatildi. O‘zaro savdo-sotiqda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar miqdori oshdi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida to‘laqonli Erkin savdo zonasi tashkil qilish, iqtisodlarni o‘zaro majmuali baholash va MDH doirasida savdo-sotiqli erkinlashtirish taklif qilindi. 2. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish. MDH davlatlari orasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadda, O‘zbekiston kelgusi yil bahorda Toshkentda sanoat ko‘rgazmasi tashkil qilishga tayyor. 3. Hududlararo va transkontinental transport koridorlarini rivojlantirish - juda muhim aamiyatga ega. O‘zbekiston bojxona tariflarini pasaytirish, bojxona protseduralarini soddalashtirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish tarafdori. 4. Innovatsiyalar va va start aplar sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, yosh tadbirkorlar va IT parklar orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 5. Tadbirkorlar va hududlar orasida aloqalarni rivojlantirish. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida MDH doirasida tadbirkorlar va hududlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.6. Global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash. Markaziy Osiyoda global iqim o‘zgarishi umumjahon ko‘rsatgichlaridan 2 baravar tez sodir bo‘lmoqda. Undan tashqari Orol dengizi inqirozi muammosi bor. MDHda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqishni taklif qilindi. 7. MDHda pandemiyani kuzatish bo‘yicha yagona monitoring tizimi tashkil qilish. Shuningdek epidemiyalar haqida tezkor ogohlantirish tizimi tashkil etish. 8. MDHda yagona migratsiya tizimi joriy etish. Shuningdek, O‘zbekiston tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish tizimi joriy etish tarafdori. 9. O‘zaro turistik almashuvlarni tiklash. Sayyohlarga nisbatan milliy talablarni umumlashtirish. O‘zaro vaksinalarni tan olishning onlayn mexanizmini yo‘lga qo‘yish. 10. O‘zaro madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirish. Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonning yangi hukumati tarafida ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti MDH tashqi chegaralarini mustahkamlashni va xavfsizlik xizmatlari orasida aloqalarni rivojlantirishni taklif qildi. Chiqish so‘ngida, Mirziyoyev kelgusi yil MDHda raislikni qabul qilish bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevni tabrikladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20856338_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_2fa4179e5bade80b62fc2454c7a2008e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, mdh, sammit
siyosat, shavkat mirziyoyev, mdh, sammit
Shavkat Mirziyoyev MDHni rivojlantirish uchun 10 tashabbus bilan chiqdi
16:00 15.10.2021 (yangilandi: 19:40 15.10.2021) O‘zbekiston prezidentining MDH davlatlari orasida sanoat kooperatsiyasi, transport koridorlarini rivojlantirish, bojxona talablarini umumlashtirish, pandemiyani monitoring qilish va boshqa takliflari.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tayotgan MDH rahbarlari sammitida Shavkat Mirziyoyev ushbutuzilmani yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida quyidagi tashabbuslarni bildirdi.
1. MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish. Pandemiyaga qaramasdan MDH davlatlari orasida savdo-sotiq miqdori 1/3 marotaba o‘sdi. Bunda nafaqat son jihatidan balkim sifat jihatidan ham o‘sish kuzatildi. O‘zaro savdo-sotiqda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar miqdori oshdi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida to‘laqonli Erkin savdo zonasi tashkil qilish, iqtisodlarni o‘zaro majmuali baholash va MDH doirasida savdo-sotiqli erkinlashtirish taklif qilindi.
2. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish. MDH davlatlari orasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqsadda, O‘zbekiston kelgusi yil bahorda Toshkentda sanoat ko‘rgazmasi tashkil qilishga tayyor.
3. Hududlararo va transkontinental transport koridorlarini rivojlantirish - juda muhim aamiyatga ega. O‘zbekiston bojxona tariflarini pasaytirish, bojxona protseduralarini soddalashtirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish tarafdori.
4. Innovatsiyalar va va start aplar sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, yosh tadbirkorlar va IT parklar orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
5. Tadbirkorlar va hududlar orasida aloqalarni rivojlantirish. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida MDH doirasida tadbirkorlar va hududlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
6. Global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash. Markaziy Osiyoda global iqim o‘zgarishi umumjahon ko‘rsatgichlaridan 2 baravar tez sodir bo‘lmoqda. Undan tashqari Orol dengizi inqirozi muammosi bor. MDHda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqishni taklif qilindi.
7. MDHda pandemiyani kuzatish bo‘yicha yagona monitoring tizimi tashkil qilish. Shuningdek epidemiyalar haqida tezkor ogohlantirish tizimi tashkil etish.
8. MDHda yagona migratsiya tizimi joriy etish. Shuningdek, O‘zbekiston tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish tizimi joriy etish tarafdori.
9. O‘zaro turistik almashuvlarni tiklash. Sayyohlarga nisbatan milliy talablarni umumlashtirish. O‘zaro vaksinalarni tan olishning onlayn mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
10. O‘zaro madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirish.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonning yangi hukumati tarafida ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti MDH tashqi chegaralarini mustahkamlashni va xavfsizlik xizmatlari orasida aloqalarni rivojlantirishni taklif qildi.
Chiqish so‘ngida, Mirziyoyev kelgusi yil MDHda raislikni qabul qilish bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevni tabrikladi.