Lavrov RF bilan ittifoqdosh davlatlarda rus maktablari tashkil etilishi haqida so‘zlab berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishObuchenie russkomu yaziku, arxivnoe foto
Obuchenie russkomu yaziku, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
Moskva barcha ittifoqdosh davlatlarda rus maktablari tashkil etilishidan manfaatdor - Sergey Lavrov.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiyaga ittifoqdosh bo‘lgan barcha mamlakatlarda rus maktablari tashkil etilishidan manfaatdor.
Glava MID RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Lavrov: G‘arb Rossiyaga u kuchayib borayotgani uchun ham bosim o‘tkazishga urinmoqda
Lavrov xorijda istiqomat qiladigan rossiyalik vatandoshlarning VII Butunjahon kongressida rus tilini rivojlantirish haqida gapirar ekan “Tojikistonda ta’lim tizimi to‘laligicha bizning metodogiyamizga asoslangan beshta rus maktabi tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun ham xuddi shunday dastur ishlab chiqilayapti. Keyingi vaqtda yangi arman rahbariyati Armaniston uchun ham shu kabi dastur yaratilishiga qiziqish bildirdi”, dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu dastur barcha ittifoqdosh va strategik hamkorlar uchun andoza bo‘lib qolishidan manfaatdor.
Yangiliklar lentasi
0