Yil boshidan buyon 7 nafar sportchida doping aniqlandi -O‘MAA

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDoping-kontrol
Doping-kontrol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning 9 oyida O‘zbekistonlik sportchilardan 7 nafarida doping aniqlandi, ulardan 3 nafari xalqaro musobaqa ishtirokchisi bo‘lgan.
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Yil boshidan buyon 7 nafar sportchi doping iste’mol qilgani aniqlandi deb xabar qildi AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2021-yilning 9 oyi davomida barcha sport turlari bo‘yicha sportchilardan 312 ta doping-sinamalar olingan va 4 nafar sportchi taqiqlangan modda iste’mol qilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, 3ta xalqaro musobaqalarda ham doping-sinamalarni olish Agentlikka ishonib topshirildi. Bunda 41 ta sportchilarda tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 3 nafari taqiqlangan modda iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida o‘zbekistonlik sportchilardan jami 16 ta doping-sinama olinib, ulardan 11 tasi musobaqadan oldin va 5 tasi musobaqa davriga to‘g‘ri kelgan.
Paralimpiya sportchilardan jami 39 ta doping-sinama olinib, ulardan 21 tasi musobaqadan oldin va 18 tasi musobaqa davriga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘MAA Tokio Olimpaiadasidan oldin, 2020-yilning aprel oyida sportchilarga doping iste’mol qilmaslik haqida jiddiy ogohlantirish bergan edi. Xususan, agentlik antidoping laboratoriyalarning zamonaviy usullari yordamida 3-4, hattoki 7-8 yil avval iste’mol qilingan doping-moddalari aniqlash imkoni borligini va sportchilarni o‘z mahorati va kuchiga ishonishga da’vat qilgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, Umumjahon antidoping agentligi (WADA) bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng 2018-yilning fevral oyida tashkil qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0