“Tashkent City” bog‘iga kirish yana bepul bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDoma, vipolnennie v klassichesko-yevropeyskom stile v Tashkent-Siti
Doma, vipolnennie v klassichesko-yevropeyskom stile v Tashkent-Siti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
“Tashkent city” XIM DUK direksiyasi xabariga ko‘ra, avtotransport vositalarida kirishda to‘lov undirilishda davom ettiriladi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. 2021 yil 14-oktabr kunidan “Tashkent City” bog‘i hududiga kirish bepul bo‘ladi. Bu haqda “Tashkent City” XIM DUK direksiyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, avtotransport vositalarida kirish bundan mustasno.
O‘tgan yil dekabridan boshlab “Tashkent City” bog‘iga kirish vaqtinchalik pulli etib belgilangan edi. U yerga kirish uchun 12 yoshdan kattalar 10 ming so‘m to‘lashlari kerak edi.
Ushbu holatga shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z munosabatini bildirgan edi. Uning fikricha soliq to‘lovchilar "Tashkent City"ga kirganida pul to‘lasa adolatli bo‘ladi. U, shuningdek, "Bir oyda saqlab turishga 900 mln so‘m, har bitta fontanni otilishiga bir kunda 1 mln so‘mdan ko‘p pul ketadi", — deya ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0