Norvegiyada qurollangan erkak besh kishini kamondan otib o‘ldirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStrelba iz luka
Strelba iz luka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
Politsiya jinoyatchini 15 daqiqa ichida hibsga oldi. Ushbu voqea terakt bo‘lgani ehtimoldan xoli emas deyilmoqda.
TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Norvegiyaning Kongsberg shaharchasida (Oslodan 80 km) noma’lum shaxs besh kishini kamondan otib o‘ldirdi va bir necha kishini yaraladi, deb xabar qilmoqda DW.
Politsiya tez orada ushbu jinoyatda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra jinoyatchi bir o‘zi bo‘lgan. Ushbu jinoyat terakt bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.
"Bo‘lib o‘tgan voqealar zanjirini hisobga olganda, ushbu jinoyat terakt bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Buni tekshirib aniqlash kerak. Gumonlanuvchi hozircha so‘roq qilingani yo‘q. Uning motivlari haqida gapirish hali erta", - dedi politsiya vakili Eyvind Aas 13-oktabr kuni matbuot anjumanida.
Politsiya ma’lumotdiga ko‘ra, voqea 13-oktabr kech soat 18:15da sodir bo‘lgan. Jinoyatchi shaharning bir necha joyida hujumlar uyushtirgan. Soat 18:30da u supermarketga kirib kelgan. Oradan 15 daqiqa o‘tib jinoyatchi hibsga olingan. Uning yonidan pichoq va boshqa qurollar ham topilgan. Jinoyatchi Kongsbergda doim yashaydigan 37 yoshli daniyalik erkak ekanligi aniqlangan.
Voqea sodir bo‘lgan hudud politsiya va maxsus bo‘linma kuchlari bilan har tomondan qurshab olingan, bir necha tez yordam brigadalari, saporlar va vertolotlar ishlagan. Voqeadan so‘ng Norvegiya politsiyasi rahbari mamlakatdagi barcha politsiya xodimlariga qurol berish haqida buyruq chiqargan.
Yangiliklar lentasi
0