FXX terrorchilarni moliyalashtirgan 14 kishini qo‘lga oldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishFSB Rossii
FSB Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Obuna bo‘lish
FXX: Rossiyaning 7ta hududida taqiqlangan "Hayat Tahrir ash-Shom" tashkiloti terrorchilarini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan 14 kishi qo‘lga olindi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. FXX RFning yettita hududida "Hayat Tahrir ash-Shom”* terrorchilik guruhini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan 14 kishini hibsga oldi.
"FXX Moskva, Dog‘iston Respublikasi, Xabarovsk o‘lkasi, Kurgan, Penza, Ulyanovsk va Samara viloyatlarida Rossiyada taqiqlangan Suriya Arab Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi "Hayat Tahrir ash-Shom”* xalqaro terroristik tashkilotini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan 14 kishini hibsga oldi", - deyilgan xabarda.
Huquq-tartibot organ xodimlari jangarilarni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxslarni aniqladi, tintuvlar chog‘ida aloqa vositalari, to‘lov vositalari, shuningdek diniy ekstremistik adabiyotlar olib qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, hibsga olingan besh kishiga nisbatan terrorizmga yordam berish bo‘yicha jinoyat ishlari ochildi.
"Hayat Tahrir ash-Shom”*-Suriyadagi fuqarolar urushida qatnashgan radikal islomiy guruhlardan biri. U 2017-yilda "Jabhat Fath ash-Shom”* (Jabhat an-Nusra)* bazasida yaratilgan.
* Rossiya hududida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0