Rossiya hukumati RVP berishni 2 baravarga qisqartirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishVidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati chet elliklarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berishni ikki baravarga kamaytiradi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati 2022-yilda chet elliklarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish ikki baravarga kamaytiradi. Bu hamda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan farmoyishdan ma’lum bo‘ldi.
"2022 yilga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma berish kvota belgilansin", - deyiladi hujjatda.
Farmoyishga asosan 2022-yilda chet elliklarga vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma beriladi. 2021-yilda bu kvota 39 325 ta ruxsatnomani tashkil etgandi.
Qayd etilishicha, 2022-yil uchun eng ko‘p ruxsatnomalar kvotasini Moskva (1,5 ming), Moskva viloyati (1250) va Sankt-Peterburg (600) oldi.
Shu yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi qonun loyihasini ishlab chiqdi, unga muvofiq Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasini bekor qilish va uni yagona elektron hujjat (ID-karta) bilan almashtirish rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0