https://oz.sputniknews.uz/20211013/oztransgaz-kuz-qish-mavsumiga-qanchalik-tayyor-20893420.html
“O‘ztransgaz” kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor?
“O‘ztransgaz” kuz-qish mavsumiga qanchalik tayyor?
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. AOKAda “O‘ztransgaz” AJ mas’ul xodimi ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz transport tizimi obyektlarini joriy kuz-qish mavsumida... 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T17:23+0500
2021-10-13T17:23+0500
2021-10-13T17:23+0500
jamiyat
gaz
o‘zgaztrans
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1399/09/13990952_0:62:1921:1142_1920x0_80_0_0_89b07ea09445ac843594601d09905ada.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. AOKAda “O‘ztransgaz” AJ mas’ul xodimi ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz transport tizimi obyektlarini joriy kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Qayd etilganidek, bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar mart oyida boshlangan bo‘lib, magistral gaz quvurlarning 93,7 km nuqsonli qismlari kapital ta’mirlangan, bu rejaga nisbatan birmuncha ko‘pdir.Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, bugungi kunda respublikada 80 mingdan ortiq gaz taqsimlash punktlari (GRP) mavjud. Yaqin orada ularning past bosimlilari foydalanishdan chiqarilib, faqat yuqori bosimda ishlaydiganlari, ya’ni bor-yo‘g‘i 6 mingtasi qoldiriladi. Natijada millionlagan kub metr gazni yo‘qotishning oldini olish mumkin bo‘ladi.Brifingda keltirilgan raqamlardan yana biri – magistral gaz quvurlarning 235 km dan ortiq nuqsonli qismini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga bosim ko‘rsatkichlari oshib, tabiiy gazni o‘tkazuvchanligi oshirildi.Umuman, joriy kuz-qish davrida respublika iste’molchilariga jami 28 993 mln kub metr hajmda tabiiy gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.Gazga noqonuniy ulanishlarTexnik siyosat bo‘limi boshlig‘i Abdulahad Isoqjonovning ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlar himoya hududlaridagi 2413 ta noqonuniy qurilmalarning 1553 tasi bo‘yicha hujjatlar jamlanib, sudlarga taqdim etilgan, qolganlari bo‘yicha ham zaruriy choralar ko‘rilmoqda.Noqonuniy qurilmalar deganda ko‘pchilikning xayoliga ko‘zdan pana joylarda qurib olingan issiqxonalar kelishi tabiiy. Chunki issiqxonalar asosan gaz bilan isitiladi va ayrim hollarda hisoblagichsiz gaz tarmog‘iga ulanib olish holatlari ham uchraydi.“Lekin noqonuniy qurilma deganda faqat issiqxona emas, magistral gaz quvurlarining har ikki tomonidagi muhofaza maydonlarida barpo etilgan inshootlar, tadbirkorlik obyektlari, bog‘lar ham bo‘lishi mumkin”, - deydi biz bilan suhbatda jamiyat mutaxassisi.Yaqinda mutaxassislar Respublika miqyosida tabiiy gaz resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish hajmlarini o‘rganib chiqdilar. To‘rt kun ichida 1 mln 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu 130 mingta xonadonning bir kunlik gaz iste’moliga teng.Bunday salbiy holatlarning aksariyati Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, 9 oyda bunday holatlar 2 535 tani tashkil etgan. Bu hali aniqlanganlari.Oqibatda, 86 mln 923 ming kub metr yoki 77 mlrd 877 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu 40 mingta xonadonning qariyb 1-yillik iste’moliga teng.Oldinroq Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston gaz transport tizimi modernizatsiya qilinayotganligi haqida ma’lumot bergan edik.
https://oz.sputniknews.uz/20210929/hududgaztaminot-tabiiy-gaz-endi-ogohlantirishsiz-ochirilmaydi-20690012.html
https://oz.sputniknews.uz/20211008/ozbekistonda-yil-boshidan-buyon-78-milliard-somlik-gaz-ogirlandi-20834283.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1399/09/13990952_0:0:1705:1279_1920x0_80_0_0_30a37f5c925489cb467e95685bb24408.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gaz, o‘zgaztrans
jamiyat, gaz, o‘zgaztrans
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. AOKAda “O‘ztransgaz” AJ mas’ul xodimi ishtirokida o‘tkazilgan brifingda gaz transport tizimi obyektlarini joriy kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Qayd etilganidek, bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar mart oyida boshlangan bo‘lib, magistral gaz quvurlarning 93,7 km nuqsonli qismlari kapital ta’mirlangan, bu rejaga nisbatan birmuncha ko‘pdir.
Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, bugungi kunda respublikada 80 mingdan ortiq gaz taqsimlash punktlari (GRP) mavjud. Yaqin orada ularning past bosimlilari foydalanishdan chiqarilib, faqat yuqori bosimda ishlaydiganlari, ya’ni bor-yo‘g‘i 6 mingtasi qoldiriladi. Natijada millionlagan kub metr gazni yo‘qotishning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Brifingda keltirilgan raqamlardan yana biri – magistral gaz quvurlarning 235 km dan ortiq nuqsonli qismini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisobiga bosim ko‘rsatkichlari oshib, tabiiy gazni o‘tkazuvchanligi oshirildi.
Umuman, joriy kuz-qish davrida respublika iste’molchilariga jami 28 993 mln kub metr hajmda tabiiy gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Gazga noqonuniy ulanishlar
Texnik siyosat bo‘limi boshlig‘i Abdulahad Isoqjonovning ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlar himoya hududlaridagi 2413 ta noqonuniy qurilmalarning 1553 tasi bo‘yicha hujjatlar jamlanib, sudlarga taqdim etilgan, qolganlari bo‘yicha ham zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Noqonuniy qurilmalar deganda ko‘pchilikning xayoliga ko‘zdan pana joylarda qurib olingan issiqxonalar kelishi tabiiy. Chunki issiqxonalar asosan gaz bilan isitiladi va ayrim hollarda hisoblagichsiz gaz tarmog‘iga ulanib olish holatlari ham uchraydi.
“Lekin noqonuniy qurilma deganda faqat issiqxona emas, magistral gaz quvurlarining har ikki tomonidagi muhofaza maydonlarida barpo etilgan inshootlar, tadbirkorlik obyektlari, bog‘lar ham bo‘lishi mumkin”, - deydi biz bilan suhbatda jamiyat mutaxassisi.
Yaqinda mutaxassislar Respublika miqyosida tabiiy gaz resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish hajmlarini o‘rganib chiqdilar. To‘rt kun ichida 1 mln 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu 130 mingta xonadonning bir kunlik gaz iste’moliga teng.
Bunday salbiy holatlarning aksariyati Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, 9 oyda bunday holatlar 2 535 tani tashkil etgan. Bu hali aniqlanganlari.
Oqibatda, 86 mln 923 ming kub metr yoki 77 mlrd 877 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu 40 mingta xonadonning qariyb 1-yillik iste’moliga teng.
Oldinroq Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston gaz transport tizimi modernizatsiya qilinayotganligi haqida ma’lumot
bergan edik.