https://oz.sputniknews.uz/20211013/ozbekiston-gaz-taminoti-tizimi-yangilanmoqda-20888574.html
Rossiya bilan hamkorlikda gaz ta’minoti tizimi yangilanmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda gaz ta’minoti tizimi yangilanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gaz transport tizimida yuqori bosimga chidamli quvurlar o‘rnatilmoqda. Kelajakda ushbu quvurlardan gaz importi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T13:45+0500
2021-10-13T13:45+0500
2023-04-05T18:34+0500
iqtisod
gaz quvuri
“o‘ztransgaz”
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20888435_3:0:3644:2048_1920x0_80_0_0_8f1ada6e6bc3536039ab634e0cae6cba.jpg
TOShKENT 13 okt – Sputnik. Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston gaz transport tizimining 186 km yangilandi, deb habar qildi "O‘ztransgaz" bosh mutaxassisi Sputnik muxbiriga. Shuningdek, loyiha doirasida uchta yangi liniya barpo etiladi, bular: Gazli – Kogon (140 km); Yangiyer – Ohangaron (95 km) va “O‘rta Osiyo – Markaz” magistral gaz tarmog‘ida (80 km), deydi bosh mutaxassis.Ma’lumot uchun, "O‘ztransgaz" va Rossiyaning "Gazprombank"i o‘rtasida aprel oyida imzolangan shartnomaga muvofiq "2021-2022 yillarda O‘zbekiston gaz-transport tizimini yangilash dasturi" uchun 300 mln. dollar kredit ajratilgan edi. Ushbu mablag‘lar 545 km uzunlikdagi gaz quvurlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek kompressor stansiyalari inshootlarini kapital ta’mirlashga yo‘naltiriladi.Aytish joizki, O‘zbekistonda o‘tgan yilgi qishning nisbatan serog‘in va sovuq kelishi tufayli gaz iste’moli ortib, uni yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bergan edi. Ana shu kamchiliklar takrorlanmasligi hamda bu yilgi isitish mavsumiga ulgurish uchun ham modernizatsiya ishlari ancha oldin boshlandi.Undan tashqari, O‘zbekistonda gaz iste’moli har yili taxminan 2 milliard kub metrga oshib bormoqda. Bu nihoyatda ko‘p. Mavjud gaz quvurlari bunday katta hajmdagi gazni yetkazib berish uchun zarur bosimga har doim ham dosh bera olmaydi, ayrim uchastkalardagi quvurlar ancha eskirgan. Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning bosh maqsadi ham shu – O‘zbekiston gaz transport tizimida yuqori bosimga chidamli quvurlarni o‘rnatish.Yana bir jihat: iste’mol hajmining keskin ortib borishi gaz importini oshirishni taqozo etmoqda va binobarin, modernizatsiya qilinadigan mazkur magistral tizimlardan ichki ehtiyojlar uchun “zangori olov” yetkazib berishda ham foydalaniladi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston Moliya va Energetika vazirliklari, "O‘ztransgaz" va Rossiyaning VEB.RF - banki hamda EKSAR - eksportni sug‘urtalash fondi ishtirokida ko‘p tomonlama shartnoma imzolangan edi. Unga ko‘ra Rossiya tomon O‘zbekiston gaz transport tizimini yangilash uchun 618 mln. dollar kredit ajratishi hamda ushbu mablag‘larning kamida 50% Rossiya tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulot va xizmatlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi belgilangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20888435_458:0:3189:2048_1920x0_80_0_0_aefc833f9ca895a215df7fc0b91cc62c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, gaz quvuri, “o‘ztransgaz” , rossiya
iqtisod, gaz quvuri, “o‘ztransgaz” , rossiya
Rossiya bilan hamkorlikda gaz ta’minoti tizimi yangilanmoqda
13:45 13.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) O‘zbekiston gaz transport tizimida yuqori bosimga chidamli quvurlar o‘rnatilmoqda. Kelajakda ushbu quvurlardan gaz importi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
TOShKENT 13 okt – Sputnik. Rossiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston gaz transport tizimining 186 km yangilandi, deb habar qildi "O‘ztransgaz" bosh mutaxassisi Sputnik muxbiriga.
“Mazkur loyiha yuzasidan ishlar joriy yilning aprel oyidayoq boshlangan edi, deydi “O‘ztransgaz” bosh mutaxassisi Aleksandr Kim. Shu paytga qadar 186 km uchastkadagi ishlar yakuniga yetkazilgan”.
Shuningdek, loyiha doirasida uchta yangi liniya barpo etiladi, bular: Gazli – Kogon (140 km); Yangiyer – Ohangaron (95 km) va “O‘rta Osiyo – Markaz” magistral gaz tarmog‘ida (80 km), deydi bosh mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "O‘ztransgaz" va Rossiyaning "Gazprombank"i o‘rtasida aprel oyida imzolangan shartnomaga muvofiq "2021-2022 yillarda O‘zbekiston gaz-transport tizimini yangilash dasturi" uchun 300 mln. dollar kredit ajratilgan edi. Ushbu mablag‘lar 545 km uzunlikdagi gaz quvurlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek kompressor stansiyalari inshootlarini kapital ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Aytish joizki, O‘zbekistonda o‘tgan yilgi qishning nisbatan serog‘in va sovuq kelishi tufayli gaz iste’moli ortib, uni yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bergan edi. Ana shu kamchiliklar takrorlanmasligi hamda bu yilgi isitish mavsumiga ulgurish uchun ham modernizatsiya ishlari ancha oldin boshlandi.
Undan tashqari, O‘zbekistonda gaz iste’moli har yili taxminan 2 milliard kub metrga oshib bormoqda. Bu nihoyatda ko‘p. Mavjud gaz quvurlari bunday katta hajmdagi gazni yetkazib berish uchun zarur bosimga har doim ham dosh bera olmaydi, ayrim uchastkalardagi quvurlar ancha eskirgan. Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning bosh maqsadi ham shu – O‘zbekiston gaz transport tizimida yuqori bosimga chidamli quvurlarni o‘rnatish.
Yana bir jihat: iste’mol hajmining keskin ortib borishi gaz importini oshirishni taqozo etmoqda va binobarin, modernizatsiya qilinadigan mazkur magistral tizimlardan ichki ehtiyojlar uchun “zangori olov” yetkazib berishda ham foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston Moliya va Energetika vazirliklari, "O‘ztransgaz" va Rossiyaning VEB.RF - banki hamda EKSAR - eksportni sug‘urtalash fondi ishtirokida ko‘p tomonlama shartnoma imzolangan edi. Unga ko‘ra Rossiya tomon O‘zbekiston gaz transport tizimini yangilash uchun 618 mln. dollar kredit ajratishi hamda ushbu mablag‘larning kamida 50% Rossiya tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulot va xizmatlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi belgilangan edi.