Endilikda fuqarolar davlat xizmatlari sifatini yangi portal orqali baholashi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Hozirda ishga tushirilgan platformaga 223 ta muassasa ulangan va registraturalarda maxsus poster QR-kodlar o‘rnatilgan.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Akselerator guruhi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini baholash uchun interaktiv portalni ishlab chiqildi. Bu haqda DXA xabar bermoqda.
Endilikda BAHO.GOV.UZ saytida foydalanuvchilar davlat xizmatiga bergan bahosini qoldirishi mumkin.
Hozircha pilot tariqasida ishga tushirilgan platformaga 223 ta muassasaning ulanishiga erishilgan bo‘lib, registraturalarda maxsus poster QR-kodlar o‘rnatilgan.
Fuqarolar 5 ta mezon bo‘yicha maxsus QR-kod yordamida ushbu portal orqali davlat xizmatlari to‘g‘risida (1-5 gacha tizimda) o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin:
murojaatni ko‘rishda muddatlarga amal qilish;
xizmat ko‘rsatish malakasi;
odob qoidalariga rioya qilish;
adolatli yondashuv;
murojaat qilish uchun sharoitlar mavjudligi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar tomonidan qo‘yilgan salbiy baholar tegishli davlat organlari rahbarlariga jiddiy signal bo‘ladi. Mavjud muammolar iloji boricha zudlik bilan hal qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushgani xabar qilingan edi.
 Vaksinatsiya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin
Yangiliklar lentasi
0