“Chiroyli” avtoraqamlar yangi rekord o‘rnatdi

© UBDD Samarkandskoy oblastiRekordnaya sena: v Samarkande na auksione prodali avtonomer za $57 tisach
Rekordnaya sena: v Samarkande na auksione prodali avtonomer za $57 tisach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekstonda 2021-yilning to‘qqiz oyida 20 million dollarlik "chiroyli" avtoraqamlar sotildi. Bu oldingi yillarda jami sotilgan avtoraqamlar summasidan yuqori.
TOShKENT 13 okt – Sputnik. 2021 yilning 9 oyida o‘zbekistonliklar 105 mingdan ortiq “chiroyli” avtoraqamlar sotib olish uchun 221 mlrd so‘m yoki $ 20 mln. sarflashdi deb xabar qilmoqda O‘zA.
Ushbu summa mutlaq rekord bo‘ldi, u 2018-2020 yillar ichida sotilgan jami “chiroyli” avtoraqamlarning umumiy summasidan ham ortiqcha, deb yozadi nashr, Respublika Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib.
“Chiroyli” raqamlar savdosi tarixida mutlaq rekord Toshkent shahrida o‘rnatilgan. Tarkibida “777” sonlar bo‘lgan raqam 441,5 million so‘mga ($ 41 ming) sotilgan. Eng arzon davlat raqami 450,5 ming so‘mga (42 dollar) sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln. so‘mga teng bo‘ldi.
Savdodan tushgan daromadning o‘sishiga 2020-yil noyabr oyida joriy qilingan xaridor istagan harflar kombinatsiyasidan iborata davlat belgisiga buyurtma berish imkoniyati ham ta’sir ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugungi kunda “chiroyli” raqamlarning auksiondagi boshlang‘ich narxi 2 BHMdan boshlanib 130 BHMgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0