https://oz.sputniknews.uz/20211013/bosh-vazir-orinbosariga-parlament-sorovi-yuborildi-20895559.html
Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborildi
Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborildi
Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat sohasidagi qarorlarning bajarilishi ta’minlanishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan 13.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-13T19:13+0500
2021-10-13T19:13+0500
2021-10-13T19:13+0500
madaniyat
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_44dc8607ad42c97b1e6d08c134623d64.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Iyun-avgust oylarida “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari respublika hududlarida "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning bajarilish holati o‘rganib chiqishdi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’lumotiga ko‘ra, bir qator tizimli kamchiliklar aniqlandi:- respublika tuman va shaharlaridagi madaniyat markazlarining ko‘pi muqim binosiga ega bo‘lmaganligi, bo‘lsa ham rekonstruksiyaga muhtoj ekanligi, aksariyat binolar umuman soha faoliyati uchun mo‘ljallanmaganligi aniqlangan. Achinarli holat imkoniyati cheklangan shaxslarning madaniyat markazlari binolarida kuzatilgan.- hududlardagi aksariyat madaniyat markazlari tegishli moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmagan; boshqa bir qator madaniyat markazlaridagi moddiy-texnik baza esa talab darajasida emas.- amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy madaniyat markazlari bevosita Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilot hisoblansa-da, amalda esa hududiy hokimliklarga bo‘ysindirilgan xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish kompleksining tarkibiy qismi sifatida qarab kelinmoqda. Bu esa madaniyat markazlarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan konstruktiv muhitning paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lmoqda.Parlament quyi palatasining majlisida bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20211013/ozbekistonda-jinoiy-javobgarlikka-tortish-yoshi-ozgarishi-kutilmoqda-20891144.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_294:0:1194:675_1920x0_80_0_0_06897d167024371ee4fa677ec7ba5722.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, oliy majlis qonunchilik palatasi
madaniyat, oliy majlis qonunchilik palatasi
Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborildi
Madaniyat sohasidagi qarorlarning bajarilishi ta’minlanishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Iyun-avgust oylarida “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari respublika hududlarida "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning bajarilish holati o‘rganib chiqishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
ma’lumotiga ko‘ra, bir qator tizimli kamchiliklar aniqlandi:
- respublika tuman va shaharlaridagi madaniyat markazlarining ko‘pi muqim binosiga ega bo‘lmaganligi, bo‘lsa ham rekonstruksiyaga muhtoj ekanligi, aksariyat binolar umuman soha faoliyati uchun mo‘ljallanmaganligi aniqlangan. Achinarli holat imkoniyati cheklangan shaxslarning madaniyat markazlari binolarida kuzatilgan.
- hududlardagi aksariyat madaniyat markazlari tegishli moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmagan; boshqa bir qator madaniyat markazlaridagi moddiy-texnik baza esa talab darajasida emas.
- amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy madaniyat markazlari bevosita Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilot hisoblansa-da, amalda esa hududiy hokimliklarga bo‘ysindirilgan xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish kompleksining tarkibiy qismi sifatida qarab kelinmoqda. Bu esa madaniyat markazlarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan konstruktiv muhitning paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Parlament quyi palatasining majlisida bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.