Sadir Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste’foga chiqardi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevSadir Japarov
Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Akilbek Japarov Vazirlar mahkamasi raisi – Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov amaldagi Vazirlar mahkamasi tarkibini iste’foga chiqardi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning tegishli farmoni bilan Vazirlar mahkamasi a’zolari o‘z vazifalarini yangi tarkib shakllantirilishiga qadar ijro etishadi.
Lekin bu Hukumat raisi Ulukbek Maripovga taalluqli emas. Japarov o‘zining boshqa farmoni bilan uni lavozimidan ozod qilgan.
Maripovning o‘rniga Akilbek Japarov Vazirlar mahkamasi raisi – Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Kuni kecha Qirg‘izistonda “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi” konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan edi. Yangi qonunga ko‘ra Hukumat rahbari bir vaqtning o‘zida prezidenti ma’muriyatiga rahbarlik qiladi. Vazirlar mahkamasi tarkibi va tuzilishi Jogorku kenesh bilan muvofiqlashtirilishi kerak.
Prezident Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Japarov Qirg‘izistondagi oktabr voqealariga nima sabab bo‘lganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0