Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov JChga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoksor Shaxram Giyasov
Boksor Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Belgradda 26-oktabrdan 6-noyabrga qadar boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida 26-oktabrdan 6-noyabrga qadar boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unga professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘stmatov ham jalb qilingan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Shahobiddin Zoirov (-54 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg), Abdumalik Xalokov (-60 kg), Mujibullo Tursunov (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg), Saidjamshid Jafarov (-75 kg), Odiljon Aslonov (-80 kg), Shohjahon Abdullayev (-86 kg), Madiyor Saidrahimov (-92 kg), Lazizbek Mullajonov (+91 kg) joy oldi.
Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov 2018-yil yanvarida professional boks toifasiga o‘tgandi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘zining prof boksdagi debut jangini 2019-yil oktabrida g‘alaba bilan boshlagandi.
Vstrecha bokserov v Tashketskom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2019
Chempion bokschilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi
Bokschilar bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. 2019-yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0